Линклар

12 декабр 2017, Тошкент вақти: 22:51

Qurultoy: "Sud tizimi Mirziyoev ko‘rsatmalarini sabotaj qilmoqda!"


O‘zbekiston sud tizimi¸ kuzatuvchilarga ko‘ra¸ poraxo‘rlik va adolatsizlik girdobidan hali-veri chiqadigan ko‘rinmayotir.

Sarlavhaga chiqarilgan bu gapni o‘zbekistonlik taniqli advokat Ruhiddin Komilov Ozodlikning "Qurultoy"ida aytdi.

Prezident Mirziyoevning sudlarni "xalqparvar va adolatparvar" qilish talabi bilan o‘tkazgan videoselektori muhokama qilingan "Qurultoy" qatnashchilari so‘z erkinligi va siyosiy muxolifat yo‘q mamlakatda bu kabi bayonotlar bilan vaziyatni o‘zgartirib bo‘lmasligini ta’kidladilar.

Qurultoyning muxtasar mazmuni:

- Hokimiyat tepasiga kelgan yangi odamning men buni qilaman¸ uni qilaman¸ deb katta gapirishi bor narsa. Lekin bu rahbar ommaviy axborot vositalari erkinligini kafolatlash va siyosiy muxolifatga erkinlik berish haqida gapirmasa¸ qolgan gaplariga quloq solmasa ham bo‘laveradi. Chunki har qanday islohotlar¸ har qanday o‘zgarish asosida so‘z va siyosiy faoliyat erkinligi yotadi¸ dedi "O‘zbekiston demokratik tashabbuslar" guruhi yetakchisi Iskandar Xudoyberganov.

Harvard universiteti qoshidagi Jon Kennedi nomli davlat boshqaruvi instituti bitiruvchisi¸ jurnalist Navbahor Imomova¸ xalqparvar¸ adolatparvar bo‘lmagan tuzum ichidagi alohida bir struktura¸ xususan¸ sud tizimini xalqparvar va adolatparvar qilib bo‘lmasligidan bahs etdi.

Taniqli advokat Ruhiddin Komilov¸ O‘zbekiston sud-adliya tizimini poraxo‘rlik botqog‘iga botirgan shaxslarning O‘zbekiston sud tizimi faoliyatini belgilovchi idoralarga tayinlanishi¸ bu tizimda o‘zgarish bo‘lishiga nisbatan umidlarni jiddiy so‘ndirganini e’tirof etadi.

- O‘zbekistonda yaxshi kadrlar¸ o‘tmishi toza¸ vijdoni bulg‘anmagan kadrlar yo‘q¸ deyish uyat. 32 million xalq faqat poraxo‘r¸ o‘g‘rilardangina iborat emas. Faqat bu kadrlar o‘zini ko‘rsatishi¸ tashabbus va takliflarini davlat rahbari eshitadigan joylarda aytish imkoniga ega emas. Ular majlislarga¸ teleko‘rsatuvlarga chaqirilmaydi. Bunday kadrlarning ko‘zga ko‘rinishi uchun¸ yana o‘sha eski gap - matbuot hamma uchun¸ har xil fikrlar uchun ochiq bo‘lishi kerak¸ siyosiy muxolifat hayot sahnasiga qaytishi kerak¸ deydi Komilov.

"Qurultoy" davomida Ruhiddin Komilov va boshqa ayrim ishtirokchilar prezident Mirziyoev qaror va topshiriqlarining qog‘oz va majlislardan chiqib¸ real hayotga ko‘chmayotganini ta’kidladilar va sudyalarning prezident portaliga arz qilgan fuqarolarga ochiqdan ochiq tahdid qilayotganiga ayrim misol keltirdilar

XS
SM
MD
LG