Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 23:32

Tugatilgan Borovskiy kolleji o‘rnida MXX maktabi ochilishi rejalanmoqda


Toshkentdagi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji

Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kolleji tugatiladi va u joylashgan binoda MXX maktabi ish boshlashi mumkin. Bu haqda ayni tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasur Ibrohimov kaltaklab o‘ldirilganidan so‘ng boshlangan taftish guruhi a’zosi Ozodlikka ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Borovskiy nomli tibbiyot kollejining tugatilishi haqida uzil-kesil qarorga MXX xulosasidan so‘ng kelingan:

- Kollej yopilishi haqidagi qarorga vaziyatni o‘rgangan MXX xulosasi asos bo‘ldi. Yuzlab hujjatlardan iborat bu xulosada kollejdagi surunkali muammo va insidentlar haqida ma’lumot bor. Ya’ni Ibrohimov o‘ldirilganiga qadar ham kollej sistemali muammolar ichida qolgan. Bayrog‘ini yo‘qotgan polk rasformirovanie bo‘lgani kabi nomiga dog‘ tushirgan Borovskiy kolleji tugatiladi. Hukm qat’iy va shikoyatga o‘rin yo‘q¸ - dedi mulozim.

Maxsus taftish guruhi a’zosi Borovskiy nomli tibbiyot kolleji binosi taqdiriga ham qisman oydinlik kiritdi:

- Bino Toshkent markazidagi Shahrisabz ko‘chasida joylashgan. Amir temur hiëboniga yaqin elitniy joy. Bino hozircha Oliy ta’lim vazirligi tasarrufida qoladi. Ayni paytda binoning kelajakda boshqa yo‘nalishdagi ta’lim dargohi sifatida foydalanishi haqida rahbariyat tavsiyasi bor. Bino kelasi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston MXX yosh kadrlarni tayyorlash va qayta malaka oshirish maktabi sifatida foydalanishi borasida reja bor¸ - deydi mulozim.

Binoga egalik

Kollej binosi kuch-ishlatar tizim tasarrufiga o‘tishini Ozodlik bilan suhbatlashgan O‘zbekkiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligininmg kollejlar ishini muvofiqlashtiradigan markazi mulozimi ham tasdiqladi.

Unga ko‘ra¸ Borovskiy tibbiyot kollejining yopilishi borasida so‘nggi so‘zni MXX zobitlari aytgan:

- Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejida o‘quvchi Jasur Ibrohimovning kaltaklab o‘ldirilganidan so‘ng boshlangan taftish guruhida kollejni yopish haqida fikr yo‘q edi. Bundan o‘n kun oldin 174-K raqamli buyruq bilan kollej rahbariyatini ishdan bo‘shatish bilan masalaga nuqta qo‘yilgan edi. Kollej direktori Lutfi Yusupova va uning ikki zami Hilola Bo‘rixo‘jaeva hamda Vazira Hasanova ishdan haydaldi. Vaqtincha rahbar Gulchehra Olimovaga tavsiyalar berildi. Ammo 14 iyun kuni Jasur Ibrohimov ishini o‘rganayotgan SNB guruhi kollej tugatilishi zarurligini asoslagan papkani komissiyaga taqdim qildi¸ - deydi mulozim.

Unga ko‘ra¸ MXX taqdim qilgan papka ichida tibbiyot kolleji tanazzulini fosh qiluvchi materiallar ham bo‘lgan:

-Papka kollejda yillardan beri davom etayotgan poraxo‘rlik¸ urug‘-aymoqchilik va maishiy buzuqlik kabi xolatlar aks etgan hujjat¸ foto-video yozuv isbotlaridan iborat edi. Papka ichidagi hujjatlar bilan tanishgan guruh Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejini boshqalarga o‘rnak sifatida yopishga qaror qildi. Bu qarorga MXX hujjatlari asos bo‘ldi¸- deydi mulozim.

Talabalar hafa

O‘quv maskanining tugatilishi habari kollej o‘quvchilari tarafidan noxush qabul qilindi.

Kollej o‘qituvchilaridan biri Ozodlik bilan suhbatda bu holatni "Burgaga achchiq qilib ko‘rpa kuydirish" deb atadi.

O‘qituvchining aytishicha, bitta talaba norozilik tadbiri sifatida o‘zini kollej tomidan tashlab o‘ldirmoqchi bo‘lganida to‘xtatib qolingan.

Kollej bitiruvchilari qasamëd qilmoqda
Kollej bitiruvchilari qasamëd qilmoqda

Kollej tugatiladi

Toshkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kollejining o‘qituvchilari 15 iyun kuni favqulodda majlisga chaqirilib, kollej yopilishi mumkinligi haqida og‘zaki ogohlantirilgan.

Ozodlik bilan gaplashgan o‘qituvchi kollejning yopilib, o‘quvchilarning boshqa kollejlarga tarqatib yuborilishi ehtimoli borligini, lekin bu haqda hali rasmiy buyruq chiqmaganini ta’kidladi.

Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejidagi tekshiruvlar o‘quvchi Jasur Ibrohimovning kaltaklab o‘ldirilganidan so‘ng boshlangan edi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimlaridan birining o‘tgan hafta Ozodlikka aytishicha, tibbiyot kollejini yopish to‘g‘risida, majlislardan birida, shaxsan prezident Shavkat Mirziyoevning o‘zi ko‘rsatma bergan:

Bizning bilishimizcha, Jasur Ibragimovning o‘limi haqidagi voqea prezidentning o‘ziga yetib borgan. O‘tkazilgan majlislardan birida shu haqda gap bo‘lgan. Prezidentning o‘zidan kollejni yopish haqida topshiriq bo‘lgan. Lekin hozircha hech qanday rasmiy hujjat yo‘q. Qachonki Vazirlar Mahkamasidan bu haqda buyruq kelsa, keyin hammasi aniq bo‘ladi. Bu hukumatning qanday qaror qabul qilishiga bog‘liq”, dedi vazirlik mulozimi. Lekin u Prezident bu gapni aynan qachon va qaysi majlisda aytganiga aniqlik kiritmadi.

Mulozimning aytishicha, agar kollejni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, 2- va 3- kurs o‘quvchilari shahardagi boshqa tibbiyot kollejlariga tarqatiladi.

Talabaning o‘limi

Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining o‘quvchisi Jasur Ibrohimov joriy yilning 3 may kuni o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklangan.

Keyin esa 5 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazib, joriy yilning 1 iyun kuni olamdan o‘tgandi.

Kaltaklab o‘ldirilgan talaba Jasur Ibrohimov
Kaltaklab o‘ldirilgan talaba Jasur Ibrohimov

Hozirda jinoyatga aloqador shaxslar doirasini aniqlash yuzasidan tegishli tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, Ibrohimovni o‘lasi qilib kaltaklagan olti o‘quvchidan biri hibsga olingan.

XS
SM
MD
LG