Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:46

Minor masjididagi xatmga 5 mingdan ortiq namozxon yig‘ildi (VIDEO)


Minor masjidida 17 iyun kungi taroveh va xatmona
Minor masjidida 17 iyun kungi taroveh va xatmona

Toshkentning markaziy masjidiga aylangan Minorda shanba kuni yakunlangan Qur’on xatmiga 5 mingdan ortiq namozxon yig‘ildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda taassurotlarini ulashayotgan namozxonlar ayni masjidda Qur’on xatmi va taroveh namoziga bu qadar katta jamoat yig‘ilmagan edi, demoqdalar.

Shanba kungi marosimda ishtirok etgan poytaxtlik Toshbekning Ozodlikka aytishicha, o‘tgan yillarda Ramazon oyida Minor masjidiga yig‘ilgan bu qadar jamoatga guvoh bo‘lmagan.

- O‘tgan yillari ham taroveh namozlari o‘qilgan, xatmi Qur’onlar bo‘lgan. Lekin bu yil Minorga avvalgidan ko‘proq odam yig‘ilgandek tuyuldi menga. Masjidning ichi, tashqarisi, to‘rt tarafidagi ko‘chalarga chiqish yo‘llari ham to‘lib ketdi. Juda chiroyli bo‘ldi. Muftiy Usmonxon Alimov, Toshkent imom-xatibi Anvar qori Tursunovlar chiqib gapirishdi, - dedi Toshbek.

Unga ko‘ra, favulodda katta izdihomni bir necha yuz militsiya xodimi kuzatgan, ammo namozxonalarga nisbatan "juda yaxshi muomalada bo‘lishgan".

Quyida toshkentlik ro‘zador Toshbek bilan suhbatni tinglang:

Минор масжидидаги хатмонага 5 мингдан ортиқ намозхон йиғилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:57 0:00
Бевосита линк

Toshkentliklar bu kabi bir necha ming kishilik taroveh namozlari poytaxtning boshqa masjidlarida ham kuzatilayotganini aytmoqdalar. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Toshkent masjidlaridagi taroveh namozlarini jonli tarzda uzatayotgan foydalanuvchilar soni ortmoqda.

Bundan tashqari, bu yil so‘nggi o‘n yillar davomida ilk bor masjidlar tegrasi, jamoat oshxonalari va restoranlarda iftorlik, saharlik yemaklari emin-erkin sotilmoqda.

Toshkentlik namozxonlar taroveh, juma namozlariga 18 yoshga to‘lmaganlar hanuz qo‘yilmayotgan bo‘lsa-da, 15, 16, 17 yashar o‘smirlar tumonat ichida namozga kirayotgani, militsionerlar, mahalla qo‘mitalari bunga tixirlik qilmayotganini aytmoqda.

Toshbekka ko‘ra, Minor masjidi imomi – Toshkent shahar imom-xatibi Anvar qori Tursunov shanba kungi xatmi-Qur’onda bunday engilliklar uchun O‘zbekistonning 6 oylik prezidenti Shavkat Mirziyoevni olqishlab, duo qilgan. O‘zbekiston tarixida ilk bor imomlarni poytaxtga yig‘ib, iftorlik bergan davlat rahbarini muftiyat “ulkan ne’mat”, deb baholagan.

Тошкентда Рамазон: саҳарликка ош, Минорда хатмона ва президент билан ифтор
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:42 0:00

Minor masjidi imomi – Toshkent shahar imom-xatibi Anvar qori Tursunov shanba kungi xatmi-Qur’onda bunday yengilliklar uchun 6 oylik prezident Shavkat Mirziyoevni olqishlab, duo qildi.

Ayni mazmundagi da’vatlar bugun nafaqat Toshkent, respublikaning boshqa viloyatlaridagi masjidlarda ham yangramoqda va imomlar o‘z qavmini – bu ne’matning qadriga etish, noto‘g‘ri yo‘llarda adashmaslik, xavfli oqimlarga kirib, noshukrlik qilmaslikka chaqirmoqda.

XS
SM
MD
LG