Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:49

O‘zbekistonlik taksichi yo‘qolgan 100 ming rublni egasiga qaytarib berdi


Pulni qaytargan yigitning ismi noma’lumligicha qolmoqda
Pulni qaytargan yigitning ismi noma’lumligicha qolmoqda

Moskvada o‘zbekistonlik taksichi salonida qoldirib ketgan 100 ming rubl (taxminan 1700 AQSh dollari) va boshqa hujjatlarini mijoziga qaytarib berdi. Asli kirovlik bo‘lgan yo‘lovchi Pavel Shapkin taksichi yigit bilan selfi tushgani, ammo xursandligidan hatto uning ismini so‘rash yodidan ko‘tarilganini yozdi.

Shu yilning 17 iyun kuni Moskvada ko‘chada taksi to‘xtatgan rossiyalik Pavel Shapkin manzilga yetib, shoshilganidan mashinaning orqa o‘rindig‘ida hamyonini qoldirib ketadi.

Biroq, birmuncha vaqt o‘tib, hamyoni va ichidagi pul hamda boshqa qimmatbaho buyumlar O‘zbekistonlik ekani aniqlangan noma’lum taksichi tomonidan qaytarib berildi.

Pavel Shapkin o‘zining “Instagram” sahifasida bu hodisani quyidagicha tasvirlaydi:

- Vaziyatni to‘liq tasvirlash uchun men hamyon ichida taxminan 100 000 rubl (qariyb 1700 AQSh doll.) va yana bor pulim turgan barcha kartalarim borligini aytishim kerak. Men uni qaerda tushirganimni hatto tasavvur qila olmasdim.

Bir vaqt qo‘ng‘iroq jiringlab, oddiy o‘zbekistonlik yigitcha hamyonimni topgani va ularni qaytarmoqchi ekanini bildirdi. U buni ota-onasidan shunday tarbiya olgani bilan izohladi, - deb yozdi kirovlik Pavel Shapkin.

U o‘zbek muhojirining xat-harakatidan qattiq ta’sirlangani va u bilan hatto fotosuratga tushganini bildirdi.

- Men ich-ichimdan ta’sirlandim. Axir unga ham bu pullar ortiqchalik qilmasligini tasavvur qila olasizmi? Mening oilam va yosh ayolim uchun ham. U esa meni topdi va hammasini qaytardi. Ta’riflashga til ojiz, - deb yozdi Pavel Shapkin.

Tarmoqda e’lon qilingan qaxramonning Leningrad vokzalidagi fotosurati va bitilgan sharhga ko‘plab muxlislardan rahmatlar kelayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda qisqa vaqt ichda bir necha mingdan ziyod "layk" yig‘di va ko‘plab ijobiy izohlarga sabab bo‘ldi.

Pavel afsus bilan xursandligidan o‘zbek migrantining ismi-sharifini so‘rashni unutib qo‘yganini ham qo‘shimcha qildi.

XS
SM
MD
LG