Линклар

O‘zbekistonda Ramazon hayiti nishonlanmoqda (Video)


25 iyun kuni musulmonlar yashaydigan aksar mamlakatlarda “Iydul-Fitr” nishonlandi. O‘zbekistonda esa Ramazon hayiti qo‘shni Tojikiston va Turkmanistonda bo‘lgani kabi 26 iyun kuni nishonlanmoqda. Rossiya va Qozog‘istonda mehnat muhojiratida yurgan minglab o‘zbekistonlik esa Hayit namozini 25 iyun kuni ado etdi.

O‘zbekiston kabi Ramazon hayitini 26 iyun kuni nishonlayotgan mamlakatlarga unga qo‘shni Tojikiston va Turkmanistondir.

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev 20 iyun kuni «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan.

"O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26 iyun, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2017 yil 26 iyun dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin", deyiladi prezident qarorida.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi yana ikki davlati Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ramazon hayiti 25 iyun kuni nishonlandi.

Rossiya va Qozog‘istonda mehnat muhojiratida yurgan minglab o‘zbekistonliklar Hayit namozini 25 iyunda ado etdilar.

Hayitda metro tonggi 4dan ishlaydi

"Toshshahartransxizmat" tashkiloti poytaxtda bu yilgi Ramazon hayitining ilk kunida avtobus va metro tonggi soat 4dan yo‘lovchilarga xizmat qilishini bildirgan.

Hayit kunlari jamoat transporti belgilangan vaqtdan erta ish boshlashi Toshkentda birinchi marta bo‘lyapti.

Ertalabki transport qatnovi Ramazon hayiti bayrami kuni Toshkentda yashovchi fuqarolarni shahardagi masjidlarga hayit namozini ado etish uchun vaqtida eltishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Ramazon hayiti arafasida duyoning musulmonlar yashaydigan bir qancha shaharlarida terrorchilik hujumlari sodir etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Pokiston Prezidenti Mamnun Husaynga maktub yo‘llab, Parachinar, Kvetta va Karachi shaharlarida yuz bergan terrorchilik hujumlarida qurbonlar bo‘lgani uchun hamdardlik bildirdi.

"Mazkur jirkanch hodisalarning butun islom ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida va muborak Iyd-al-Fitr ayyomi arafasida sodir etilgani barchamizni tashvishga soladi va O‘zbekiston bunday yovuz xatti-harakatlarni keskin qoralaydi", deyiladi jumladan maktubda.

23 iyunda Pokiston janub-g‘arbidagi Balujiston viloyati poytaxti Kvettada viloyat politsiya boshlig‘i idorasi yaqinida mashinaning portlashi natijasida kamida, rasmiylarga ko‘ra, 12 odam halok bo‘ldi va 24 odam jarohat oldi. O‘lganlardan besh nafari politsiya zobiti bo‘lgani xabar qilinadi.

25 iyun kuni Angliya shimoli-sharqidagi Nyukasl-apon-Tayn shahrida Ramazon Hayitini nishonlayotgan olomon ustiga avtomobil bostirib kirdi. Buning oqibatida olti kishi, jumladan, uch bola "Royal Viktoriya" kasalxonasiga yotqizildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha mazkur voqea terrorchilik hujumi natijasida amalga oshirilgani inkor qilingan.

24 iyun kuni Saudiya Arabistoni hukumati Makkada terrorchilik harakati oldi olinganini bildirdi.

Politsiyachilar hujumchi yashiringan binoni o‘rab olganida hudkush o‘zini o‘zini o‘zi portlatib yubordi. Oqibatda aksari qo‘riqchilar bo‘lgan 11 odam yaralandi.

XS
SM
MD
LG