Линклар

Шошилинч хабар
12 May 2026, Тошкент вақти: 07:55

Tramp saylov kampaniyasi rahbari chet el agenti sifatida ro‘yxatga olindi

Pol Manafort Trampning saylov kampaniyasini 2016 yil avgust oyiga qadar besh oy boshqargan
Pol Manafort Trampning saylov kampaniyasini 2016 yil avgust oyiga qadar besh oy boshqargan

AQSh prezidenti Donald Tramp saylov kampaniyasining sobiq rahbari Pol Manafort xorijdagi hukumatga ishlagan agent sifatida ro‘yxatga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich boshchiligidagi siyosiy partiyaga maslahatchilik qilgan.

Manafordning aytishicha, Adliya vazirligi hujjatlarida unga tegishli «DMP International» firmasi Ukrainaning «Partiya regionov»dan 17 million dollardan oshiq pul olgani qayd etilgan.

Chunki firma 2012-2014 yillarda ushbu rossiyaparast sobiq hukmron partiyaga maslahatlar berib turgan.

Manafort Tramp saylov kampaniyasining chet elga ishlagan agent sifatida ro‘yxatga olingan ikkinchi a’zosi bo‘ldi. Mart oyida Adliya vazirligi prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinni ham unga qarashli konsalting firmasi bir turk biznesmenining manfaatini ko‘zlab ish yuritgani uchun ro‘yxatga olgan edi.

Manafort Trampning saylov kampaniyasiga o‘tgan yil avgust oyiga qadar 5 oy rahbarlik qildi. Ammo, Assoshieyted Press agentligi uning firmasi Vashington shahrida Ukrainaning hokimiyatdagi siyosiy partiyasi manfaatlarini ko‘zlab ish olib borganini fosh qilgach, darhol iste’foga chiqib ketdi.

U Trampning saylov kampaniyasida qatnashgan boshqa kishilar qatorida maxsus komissiyalar va Kongress qo‘mitalarining nazoratiga tushib qoldi. Ma’lumki, ushbu komissiyalar va qo‘mitalar Rossiyaning 2016 yilgi saylov kampaniyasiga aralashuvini tergov qilmoqda.

Manafort Rossiya bilan biror aloqasi borligini rad etdi va Ukrainadagi faoliyatining 2016 yilgi prezident sayloviga mutlaqo aloqasi yo‘qligini aytdi.

AQSh qonunchiligiga ko‘ra, chet mamlakatlarning siyosiy manfaatlarini tamsil qiluvchi hamda AQShdagi jamoatchilik fikri va siyosatga ta’sir o‘tkazishga intilayotgan kishilar biror ish qilishdan oldin Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tishi shart. Manafort esa ishini bitirib bo‘lgandan so‘ng oradan uch yil o‘tib, ro‘yxatga olinmoqda.

Vazirlik kamdan-kam hollarda vatandoshlarni «Chet el agentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida»gi qonunni buzgani uchun javobgarlikka tortadi.

Manafortdan tashqari uning sobiq o‘rinbosari Rikk Geyts ham Ukraina manfaatlarini ko‘zlab ish yuritgani uchun chet el agenti sifatida ruyxatga olingan. U ham Trampning saylov kampaniyasida xizmat qilgan edi.

Adliya vazirligi hujjatida qayd etilishicha, Manafortga tegishli firma Yanukovich partiyasiga yordam berayotganda, asosan, Ukrainaning ichki siyosiy masalalari bilan shug‘ullangan.

Yanukovich 2014 yil fevral oyida prezidentlik lavozimidan ketishga majbur bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik kelishuvini imzolashdan bosh tortib, buning o‘rniga Moskva bilan savdo-sotiq aloqalarini rivojlantirishga uringani Ukraina xalqining keskin noroziliklarini keltirib chiqardi va u Rossiyaga qochishga majbur bo‘ldi.

Manafortga tegishli hujjatda firmasi «Ukraina bilan G‘arb mamlakatlari o‘rtasida ulkan siyosiy va iqtisodiy integratsiyasini ko‘zlab» faoliyat yuritgani qayta-qayta ta’kidlanadi.

Manafortga tegishli firma vakillarining yana tan olishicha, ular Bryusselda joylashgan va «Yevropaning zamonaviy Ukraina markazi» bilan hamkorlik qilgan va unga «maslahat berib turgan».

XS
SM
MD
LG