Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:58

Rossiyaga ishlagani borayotgan o‘zbeklar soni keskin kamaydi


Nijniy Novgorodda stadion qurayotgan o‘zbek muhojirlari
Nijniy Novgorodda stadion qurayotgan o‘zbek muhojirlari

Rossiyaga ishlagani borayotgan muhojirlar soni o‘tgan yilning 1 choragiga nisbatan 26,8 foizga kamaydi. Rossiya Statistika federal xizmati hisob-kitobicha, Rossiyaga eng ko‘p ishchi borayotga O‘zbekiston hozir migrant eksporti bo‘yicha hatto Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan ortda qolgan. Rossiyalik sotsiologlar bu vaqtinchalik holat, deb hisoblamoqda.

Migrantlar oqimi ukrain ishchilari hisobiga kamaydi

Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining (RANXiGS) Ijtimoiy tahlil va prognoz institutiga ko‘ra, shu yilning yanvar-mart oyi davomida Rossiyaga 122 ming muhojirlar borgan.

Umumiy statistika ma’lumotlariga binoan, 2016 yilda Rossiya Federatsiyasiga 4,706 million muhojir kirgan, 4,444 millioni esa chiqib ketgan.

Ekspertlar joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakatga kelayotgan ukrainalik migrantlar soni 40 foizga kamayganini ta’kidlamoqda. 2017 yilning 11 iyunida Yevropa Ittifoqi Ukraina grajdanlari uchun viza rejimini bekor qildi va ko‘plab ukrainaliklar ish izlab Yevropaga yo‘l oldi.

Biroq, mutaxassislar Markaziy Osiyo davlatlaridan bo‘lgan migratsiya oqimi ham kamayganini qayd etmoqda.

Misol uchun, 2011-13 yillarda Rossiyaning asosiy migratsiya “donori” bo‘lgan O‘zbekiston hozir 5 o‘ringa tushib qolgan.

Ozodlik suhbatlashgan Rossiyadagi Muhojir mehnatkashlar kasaba uyushmasi raisi Rinat Karimov Markaziy Osiyodan migratsiya oqimining ko‘payishi-kamayishi vaqtinchalik holat ekanini ta’kidladi.

- Menimcha, O‘zbekistonning o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar odamlarda qandaydir ishonch va umidlarni yuzaga keltirdi. Bundan tashqari, Rossiyaning o‘zida migratsiya tartibi murakkablashdi. Eng asosiysi esa – Ukraina va Yevropa o‘rtasida chegaralar ochilishi Rossiyaga bo‘lgan migrantlar oqimini keskin kamayishiga olib keldi. Har holda, muhojirlar soniga oid hisob-kitobni yil oxirida olib borish maqsadga muvofiqroq, dedi Rinat Karimov.

“Qatiqqo‘l” migratsiya siyosati natija bermoqda

Rossiya hukumati olib borayotgan qattiqqo‘l migratsiya siyosati tufayli megapolislarda mehnat muhojirlari soni keskin kamaygani ham kuzatilmoqda.

Ozodlik Rossiya hukumati migrantlar sonini kamaytirishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qo‘llayotgani, oblava va tekshiruvlarni kuchaytirgani to‘g‘risida xabar bergan.

Rossiya poytaxti hokimi Sergey Sobyanin jurnalistlarga bergan oxirgi intervyularidan birida “moskvaliklarni endi kelgindi ishchilar masalasi kamroq xavotirga solayapti” dedi.

- Bugun bu mavzu moskvaliklar kun tartibida oltinchi-yettinchi-sakkizinchi o‘ringa tushib qoldi. Chunki, ko‘plab migrantlar legal ishlashni boshladi, ularning hujjatlari bor, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, shahar byudjetiga juda katta soliq to‘layapti: taxminan 12-14 milliard rubl yiliga – bu juda katta ko‘rsatkich, deya maqtandi mer Sergey Sobyanin.

Shunga qaramasdan, Moskva hokimi poytaxtga 2,5 milion ishchi kuchi yetishmayotganini ham tan oldi.

2014-15 yillar davomida Rossiyaga, ayniqsa, O‘zbekistondan kelayotgan migrantlar sonining 30 foizga keskin kamaygani kuzatilgan: 2014 yilda – 2,5 milliondan ziyod, 2015 yilda – 2 million, 2016 yilda esa 1 million 770 ming o‘zbek muhojiri Rossiyaga kirgani qayd etildi.

Statistika xizmati keltirayotgan raqamlarga ko‘ra, hozirgacha ham Rossiyaga bo‘layotgan migratsiya oqimi, asosan, Ukraina va Tojikistondan ekani ko‘rinadi.

XS
SM
MD
LG