Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:33

Agrofirma: Konvertatsiyani oching, “O‘zagroeksport”ga hojat yo‘q!


Prezident Mirziyoev eksport masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda “O‘zagroeksport” rahbar Jamshid Xolmuhammedovni ishdan oldi. Prezident tashkilotni eksport rejasini bajarmagani uchun tanqid qildi. Andijondagi agrofirma rahbari aslida bu tashkilotning tuzilishi xato bo‘lgan edi, deb ta’kidladi.

Prezident Mirziyoev "O‘zagroeksport" aksionerlik jamiyati boshlig‘ini ishdan olishdan avval bu tashkilotning monopoliyasini tugatib, tadbirkorlarga meva-sabzavotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilish haqqini qaytardi.

Xorijga meva eksporti bilan ko‘p yillar shug‘ullangan Andijondagi agrofirmalardan birining rahbari bu borada Ozodlikka bergan intervьyusida prezidentning bu qarorini olqishladi.

Uning aytishicha, “O‘zagroeksport” tashkiloti eksport jarayonini tezlatish o‘rniga, aksincha, uni sustlashtirgan.

- Masalan, o‘tgan yili men Rossiyaga yuk jo‘natdim. “O‘zagroeksport”ga pul kelib tushdi. Bizga pulni o‘tkazmay, o‘n kun qiynadi. Endi biz tezroq mahsulotni jo‘natishimiz kerak. Har kuni Moskvadan telefon bo‘ladi, hoy qachon jo‘natasan, deb. Lekin, bu yoqda qog‘ozbozlik - Rossiyadan garantiyniy xat kelishi kerak, biz xat berishimiz kerak, ana shularni to‘plab, keyin sekin pul tushirib beradi. Undan avvalgi yillar ham shunday problemalar bo‘lgan, - deydi tadbirkor.

Ayni paytda, tadbirkor, meva-cheva eksporti masalasidagi asosiy to‘siqlarni sanab o‘tdi:

- Birinchisi, konvertatsiya masalasi. Davlat kursi juda past. Biz oladigan mahsulotning narxi, yo‘lkira xarajatlari bilan bizga foyda qolmaydi, deydi tadbirkor.

Unga ko‘ra, ikkinchi asosiy masala banklardan naqd pul olishning imkonsizligidir:

- Masalan, bizga bu yil hukumat davlat hisobiga beradigan valyuta tushumini 50 foizdan 25 foizga tushirdi. Katta rahmat, bu uchun. Lekin, ana shu 25 foiz valyutani ham banklar davlat kursida so‘mga aylantirib, naqd pul qilib berolmayapti. Pulimiz tushdi, bering deb borsak, pensionerlarga pul topib berolmayapmanu, senga qaerdan topib beraman, deb aytadi, - deydi agrofirma rahbarlaridan biri.

"O‘zagroeksport" tashkiloti va O‘zbekistonda shu kungacha amalda bo‘lgan meva-sabzavot eksporti sxemasini ichidan bilgan bu rahbar, ayni paytda, davlat, tadbirkor hamda dehqonga ham manfaatli bo‘lishi mumkin, deya bir qator takliflarini ilgari surdi.

Bu haqdagi suhbatni quyida to‘liq tinglang:

Агрофирма раҳбари билан мева-сабзавот экспорти муаммолари ҳақида суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:27 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG