Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:21

OzodDayjest: Fohishani ko‘ngil ovlashga majburlagan melisa sudlandi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Fohisha qizni qo‘rqitib, ko‘ngil ovlashga majburlagan IIB xodimi mahkamaga tortildi. Qo‘shiqchi Ozodbek Nazarbekov milliy maqom yo‘nalishi e’tiborga muhtojligini urg‘uladi. 2 milliard muxlis ko‘rgan mashhur klipni o‘zbek xonandasi uyalmay o‘g‘irladi.

_____________________________________________________________

Fohisha qizni ko‘ngil ovlashga majburlagan IIB xodimi mahkamaga tortildi

Toshkent shahar IIBB Aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi xodimi, serjant Shokir Berdiev tamagirligi va lavozimini suiicte’mol qilgani bois jinoiy javobgarlikka tortildi (“Postda”, 24 iyun). M.Y. ismli ayol aniq yashash joyi va mashg‘ulot turiga ega bo‘lmaganlikda gumon qilinib, markazga olib kelingan. M.Y.ni markazdan olib chiqish uchun uning dugonasi hujjatlar bilan kelgan. Markaz xodimi Shokir Berdiev suhbat asnosida M.Y.ning dugonasi tanasini sotish bilan shug‘ullanib kelganini bilib olgan. Shundan keyin har ikki qizni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitib, M.Y.ning dugonasidan pul undirgan hamda uni o‘z ko‘nglini ovlashga majburlagan. Keyin ham nafsini jilovlashni butunlay unutgan serjant Sh. Berdiev yana bir necha marotaba qizni pinhoniy uchrashuvlarga majburlagan. Shu tariqa qiz huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. IIB vakiliga sud tegishli jazo tayinlagani xabar qilingan.

Ozodbek Nazarbekov: Maqom yo‘nalishi jar yoqasiga kelib qolgan!

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov milliy maqom yo‘nalishi e’tiborga muhtojligiga e’tibor qaratgan (“Hurriyat”, 28 iyun). “Maqom yo‘nalishidagi ashulalar jar yoqasiga kelib qolgan. Hozir buni tushunadigan, ijro etadigan san’atkorlarni tarbiyalash osonmas. Lekin aytib qo‘yay, bolaligimizda to‘yga borsak, o‘ldim deganda besh-oltita mumtoz ashula aytilardi... Hozir bu narsalar urfdan chiqib ketdi. Oddiy misol, hozir to‘yga borib “Qora ko‘zim” yoki “G‘amzasin sevding ko‘ngul”ni aytishni boshlasak, mehmonlar har tomonga tarqab ketadi”, deydi O.Nazarbekov. Qayd etilishicha, san’at oliygohlarini an’anaviy yo‘nalishda tugatgan ko‘plab yoshlar faqat nahorgi oshga boradi, boshqa payt bekor yuribdi. Milliy san’at obro‘sini oshirish uchun ularni san’at dargohlariga jalb etish kerak.

Ilhom Farmonov, Umidaxon va Bahrom Nazarov plagiatda ayblandi

O‘zbekiston shou biznes vakillari xorijdan klip o‘g‘irlashni bas qilmayapti (“Darakchi”, 29 iyun). Bu gal Amerikaning mashhur pop-rok guruhlaridan biri sanalgan “MAROON 5” guruhi plagiatorlik qurboni bo‘ldi. Guruhning hozirga qadar 2,1 milliarddan oshiq muxlis tomosha qilgan “Shakar” klipi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov hamda rejissyor Nozim Tolipov tomonidan o‘g‘irlangan. Xonandaning “Yashang” qo‘shig‘i klipi Amerika guruhi klipidan aynan ko‘chirilgan. Bundan tashqari, xonanda Umidaxonning “Yo‘limdan qoch” klipi (rejissyor Izzatilla Lutfullaev) g‘arblik xonanda JAINdan, Bahrom Nazarovning “Nahotki” klipi (rejissyor Sunnat Namozov) turk xonandasi Mustafa Chechelidan o‘g‘irlangan.

XS
SM
MD
LG