Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:14

Qurultoy: Amaldorning haqqini himoya qiladigan qonun kerakmi?


O‘zbekistonda davlat idoralaridagi xizmat, mulozimlarga kadr tanlash, kadrlarni almashtirish bo‘yicha qonun bo‘lishi kerak, degan taklif ilgari surildi. ​Davlat boshqaruvi sohassi bo‘yicha mutaxassis¸ BMT Taraqqiyot dasturi tashklotining Singapurdagi maslahatchisi Aziza Umarovanning bu taklifi Qurultoy eshittirishida qizg‘in muhokama bo‘ldi.

Ozodlikka maktub yo‘llagan Aziza Umarova: “Agar mendan so‘rasangiz, O‘zbekistonda davlat xizmatini reforma qilish - eng muhim ishdir”, deb yozdi Umarova.

Uning fikricha, Mirziyoev davrida “kadrlarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilayotgani samarasizdir”.

“Bu sharoitda yarim-yorti choralar bilan ish bitmaydi. Qonun kerak. Bu qonun davlat xizmatchisi kim va uning qanday huquq, majburiyatlari bor, degan savolga aniq javob bersin”, deb hisoblaydi Umarova.

Ayni paytida, bu mutaxassis, rivojlangan davlatlardagi standartlar asosida davlat xizmatchisini ishga olish haqida tavsiyalar berdi:

“Davlat xizmatchisini tanlov asosida ishga oladigan markazlashgan tizim lozim. Bu tizim metrik sinov, layoqat va mulozimlikka nomzodning texnikaviy bilimlarini tekshiradigan universal imtihonni o‘z ichiga olishi kerak. Xodim yollash, lavozimlardan yuqorilash¸ mulozim faoliyatini baholash tizimi vazirlik va idoralarni rivojlantirish dasturidan o‘rin olishi kerak", deydi mutaxassis.

Unga ko‘ra, shu bilan birga siyosiy lavozimlar ma’muriy lavozimlardan ajratilishi shart. Boshqaruv tizimidagi mulozimlarni etishtirish uchun esa maxsus tizim (fast track leadership program) bo‘lishi lozim.

"Mulozimlarning korruptsiyaga aralashmasligini ta’monlovchi mexanizm¸ etika nizomi¸ etika komissiyasi va manfaatlar konfliktini deklaratsiya qiladigan nizom ham yaratilishi lozim. Yangi tuzilgan ma’muriy sudlar, yagona darcha va elektron hukumat portali ham busiz ishlamaydi. Istak va g‘ayrat bo‘lsa, ikki-uch yilda tizimni yangi relslarga qo‘yish mumkin. Zotan ko‘z qo‘rqoq¸ qo‘l botir”, deya ta’kidlaydi Aziza Umarova.

Bu maktub o‘qib eshittirilgan Qurultoy dasturi ishtirokchisi toshkentlik jurnalist To‘lqin Po‘latov O‘zbekistondagi kadrlar bilan bog‘liq vaziyatni inqilobiy to‘ntarish davriga qiësladi:

- Vaziyat 1917 yilgi inqilobdan keyingi manzaraga mengzaydi. O‘sha paytda pul-moliya tizimini bilmagan odamni bank rahbari, ulkan moliya oqimlari ustidan nazoratchi qilib qo‘yish holatlari bo‘lgan edi. Bu “kadrlar” vaziyatni izdan chiqarganidan so‘ng bolsheviklar chet eldan mutaxassis yollab, vaziyatni o‘nglashga uringan. Bolsheviklarning bundan keyingi qadami davlat boshqaruvi nomenklaturasini yaratish bo‘lgan. Darvoqe, O‘zbekistonni 1991 yildan keyin boshqargan elita ham nomenklatura mahsuli edi. Shu ma’noda, yangi rahbariyat tarixdan xulosa chiqarishi kerak. Ma’muriy-buyruqbozlik sistemasining tanazzulga mahkum ekanini hisobga olib, yangi davlat mulozimini shakllantirish lozim. Shu ma’noda, Aziza Umarovaning davlat xizmatchilari haqida qonun zarur, degan taklifiga qo‘shilaman, - deydi Po‘latov.

Quyda Qurultoy eshittirishini to‘liq tinglang:

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:52:23 0:00

Eshittirishda qatnashgan sobiq o‘zbek mulozimi Anvarmirzo Husainov esa “byurokrat” degan kalimadan salbiy to‘n yechib olinishi zarurligiga e’tibor qaratdi:

- Byurokrat kalimasini fransuzchadan tarjima qilsak, davlat idorasida muntazam ishlaydigan mulozim, dega ma’no chiqadi. Yevropa boshqaruv tizimining samaradorligi minglab davlat xizmatchilarining kundalik mehnatiga asoslangan va bu xizmatchilar yaxshi oylik¸ ijtimoiy himoya hamda imtiyozlar egasi bo‘lgani bois, g‘ayrat bilan ishlaydi¸- dedi suhbatdosh.

Toshkentdagi Diplomatiya va jahon iqtisodiyoti institutini tugatib, Pragada istiqomat qilayotgan Abdusami Rahmonov davlat xizmatchilari maqomi haqidagi Britaniya¸ Fransiya va Singapur tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash zarurligini urg‘uladi.

Eshittirishda qatnashayotgan buxorolik tadbirkor Islom Xolboy “qonun qabul qilish qiyin emas, ammo unga amal qila olamizmi” degan savolni qo‘ydi.

Islom Xolboyga ko‘ra¸ O‘zbekiston sharoitida institutni imtiyozli tugatgan talabadan ko‘ra, hokimga haydovchilik qilgan kishining mulozim bo‘lish imkoni ko‘proqdir.

XS
SM
MD
LG