Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:29

Mirziyoev Ozodbekni “Yoshlar” kanaliga rahbar qilib qo‘ydi


Ozodbek Nazarbekov Boburxonlik kechasida gitara chalmoqda
Ozodbek Nazarbekov Boburxonlik kechasida gitara chalmoqda

Prezident Mirziyoev O‘zbekiston Xalq artisti, xonanda Ozodbek Nazarbekovni “Yoshlar” teleradiokanali Bosh direktori qilib tayinladi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, prezident bu qarorini 30 iyun kungi selektor yig‘ilishida e’lon qilgan. Yig‘ilishda “Kamolot” harakati "O‘zbekiston yoshlar ittifoqi "ga aylantirildi.

Majlisda ishtirok etgan mahalliy jurnalistning Ozodlikka aytishicha¸ prezident bu telekanalni yoshlar hayotini yoritishda sustkashligi uchun tanqid qilgan.

So‘ngra telekanalga “yoshlarga eng ko‘p ta’sir o‘tkaza oladigan shaxs sifatida" Ozodbek Nazarbekovni rahbar qilib tayinlagani, ayni paytda, xonandani o‘zining media sohasi bo‘yicha vakili qilib olganini bildirgan.

"Komsomolga qaytish"

Bu selektor yig‘ilishi Toshkent shahrida O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining (YoIH ) qurultoyi bilan birga o‘tkzildi.

Qurultoy ishtirokchilariga murojaat qilgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev «Kamolot» YoIH tugatilganini, uning o‘rnida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat tashkiloti tuzilganini bildirgan.

Qurultoyda ishtirok etayotgan muxbirning Ozodlikka aytishicha, prezident yangi yoshlar tashkilotiga ko‘plab vakolatlar taqdim etgan. Jumladan, «Yoshlar» telekanali aktsiyalarining 50 foizi yangi tashkilotga o‘tgan.

Muxbirning aytishicha, “Komsomol” tashkioti o‘rniga tuzilgan “Kamolot” tashkilotini tugatib, uning o‘rniga ëshlar ittifoqini tuzish “eski formatga qaytilayotganiga ishoratdir”.

“1990 yilda instititut komsomol tashkilotida komsorg bo‘lib ishlagan Mirziyoev o‘z vaqtida bu tashkilotning tugatilganini og‘riqli qabul qilgan edi. Rahbarlikka kelganidan keyin eski holatiga qaytardi”, deb hisoblaydi suhbatdosh.

Sobiq mahkum¸ yakkaxon xonanda¸ media-magnat?

Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich 1974-yilning 7-mayida Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan.

Xonanda O‘zbekiston Davlat San’at oliygohini tamomlagan. U 90-yillarda diniy ayblovlar bilan bir muddat ozodlikdan mahkum qilingan. 2002-yildan buyon "O‘zbeknavo" estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi.

2007-yili xonanda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist" unvonini olgan. 2010 yilda musiqa va tele-video asarlari nominasiyasi “M&TVA 2010” taqdimotining “Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Ozodbek Nazarbekov, shuningdek, 2012 yilda "Qoraqalpog‘iston Xalq artisti" unvoni bilan taqdirladi.

Shu oy boshida O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov san’atkorlar xizmatidan tekin foydalanib kelayotgan prokuror va boshqa kuch ishlatar tizimlarini tanqid qilgani munozaraga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG