Линклар

15 декабр 2017, Тошкент вақти: 22:33

Toshkentning Yunusobod tumanida tadbirkor bo‘lib ish boshlagan 25 yashar yigit kaltaklab o‘ldirilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda yana norozilik uyg‘otdi. Tarmoq yuzerlari bu voqeani Borovskiy kolleji o‘quvchilari o‘rtasida ro‘y bergan qotillik bilan muqoyasa qilmoqda.

Hodisadan so‘ng ikki yigit hibsga olindi

Yunusobod tuman IIB vakilining Ozodlikka aytishicha, bu voqea 29 iyun kuni poytaxt markazida sodir bo‘lgan.

"Oddiy maishiy qotillik. 29 iyun kuni S-5 mavzeida 25 yashar yigitni 23 va 24 yoshdagi ikkita yigit urib, tan jarohati yetkazgan. Bosh miyasining ikki tarafidan lat yegan yigit 4 soatlik jarohlik amaliyotidan keyin kasalxonada o‘ldi. Bugun peshin nomozi paytida "Minor qabristoni"ga ko‘mildi. O‘limiga sabab bo‘lgan tan jarohatini yetkazgan ikki yigit hibsga olinib, so‘roq qilinmoqda. Ulardan biri aybini to‘la, ikkinchisi esa qisman bo‘yniga oldi", dedi IIB vakili.

Unga ko‘ra, voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgan va aybdorlar sud oldida javob beradi.

Tarmoq zudlik bilan munosabat bildirdi

Poytaxtda yana bir yosh yigitning tengdoshlari tomonidan urib o‘ldirilgani haqidagi xabar qisqa muddat ichida ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Xususan, Facebook tarmog‘i foydalanuvchilari bu hol “jazosiz qolishiga ishongani uchun qo‘liga erk berayotgan yosh yigitchalarning ishi" sifatida keskin qoralanmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘ining Omon Usmanov, ismli yuzeri aybdorlar jazolanishiga ishonmasligini yozdi:

“Afsuski, biz qonunni buzib, “Hamma narsa joyida! Krishuxa na meste. Akaxonlar hal qivoradi”, deb bemalol aytiladigan joyda yashayapmiz".

Ayni tarmoq yuzeri Zulya Zulfiya yoshlar o‘rtasidagi agressiya qaerdan paydo bo‘ldi, deb savol qo‘yadi:

“Bu agressiya va qonga tashnalik qerdan bizga yopishdi. Nega zolim va qotilga aylandik. Bu qotillar ham Jasurnimng qotillari kabi suvdanb quruq chiqmoqchimi? Nahotki hamma narsani pul hal qiladi? Nega bu voqeani matbuot yoritmayapti. Nega TV va media muhokama qilmayapti?!"

Yuzerlar yana Jasurni yodga oldi

Tarmoq faollaridan birining Ozodlikka aytishicha¸ shahar yoshlari o‘rtasidagi navbatdagi zo‘ravonlikka, tarmoqlarda bu qadar faollik bilan munosabat bildirilishiga sabab Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining o‘quvchisi Jasur Ibrohimovning tengdoshlari tomonidan kaltaklab o‘ldirilishidir.

O‘lgan talaba himoyasiga chiqqanlar
O‘lgan talaba himoyasiga chiqqanlar

Jasur Ibrohimov may oyida tengdoshlari bilan mushtlashuvda og‘ir jarohat olgan va qariyb 1 oy shifoxonada yotgach, olamdan o‘tgan edi.

Uning vafoti haqidagi xabar bir kun ichida Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda shiddat bilan yoyilgan va O‘zbekistonda shu paytgacha misli ko‘rilmagan ijtimoiy faollikka turtki bergan edi.

Tarmoqlarda xabar berilganidan bir kun o‘tib 400 ga yaqin faol Toshkentdagi "Bobur" bog‘ida yig‘ilgan va IIV xodimlari ular bilan uchrashib, voqeani nazoratga olganini bildirgan va jinoyatchilar jazolanishini va’da qilgan edi.

Har ikki hodisaga faollik bilan munosabat bildirayotgan tarmoq foydalanuvchilari o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida avj olayotgan zo‘ravonllikka barham berish, bunga befarq qolayotgan o‘quv dargohlari va davlat tashkilotlari mas’ullariga chora ko‘rishni talab qilmoqda.

XS
SM
MD
LG