Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:43

Rossiya yana bir qochqinni O‘zbekistonga deportatsiya qildi


Rossiya hukumati O‘zbekiston so‘rovi bilan xalqaro qidiruvga berilgan 38 yashar Abdumannon Jumaboevni deportatsiya qildi. Moskvadagi “Yordam” tashkiloti Ukrainada doimiy yashash huquqiga ega bo‘lgan qochqin Yevropa sudi qaroriga qaramasdan O‘zbekistonga jo‘natildi, demoqda. Yaqinlari esa Jumaboevning qaerda ekanini bilolmayotganini aytmoqda.

Xorij grajdanlarini vaqtinchalik saqlash markazida ushlab turilgan asli shahrixonlik 38 yashar Abdumannon Jumaboev 29 iyun kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Uni himoya qilib kelgan Rossiyadagi “Yordam” tashkiloti raisi Bahrom Hamroev migratsiya xizmati, bu o‘zbekistonlikka nisbatan Yevropa sudining berib yubormaslik to‘g‘risidagi 39-qarori qo‘llanilganiga qaramasdan, maxfiy ravishda badarg‘a qilindi, demoqda.

- Aslida uni deportatsiya qilish bahonasida ekstraditsiya qilishdi. U Bryansk shahar deportatsiya markazida 28 kuni o‘tirgan edi. 29 iyun kuni Yevropa Sudi uni O‘zbekistonga berib yubormaslik haqida qaror chiqargan. Ammo, Rossiya xalqaro qonunlarga amal qilmasdan uni O‘zbekistonga berib yubordi. Hozir Abdumannon Jumaboevning qaerda ekanini hech kim bilmaydi, dedi Bahrom Hamroev.

“Yordam” tashkiloti rahbari Abdumannonning Rossiya hukumati nomiga qochqinlik so‘rab bergan arizasi ham qo‘pol tarzda inkor etilgan va ko‘rib chiqilmagan.

Ozodlik so‘roviga javoban Bryansk shahar Xorijliklarni saqlash markazi Abdumannon Jumaboev 29 iyun kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilinganini tasdiqladi, ammo boshqa savollarga javob bermadi.

Sankt-Peterburg tuman sudining Jumaboevni ozod qilish to‘g‘risidagi qarori
Sankt-Peterburg tuman sudining Jumaboevni ozod qilish to‘g‘risidagi qarori

Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa idoralarga rasman murojaat qilgan "Yordam" tashkiloti rahbari Jumaboevning keyingi taqdiri borasida ma’lumot ololmaganini aytmoqda.

- Deportatsiya markazi menga Moskva-Urganch samolyotida uchib ketgani borasida bilet nusxasini ko‘rsatdi. “Biz Yevropa qonunlariga amal qilmaymiz!” deb ochiqchasiga berilgan javobni men birinchi marotaba eshitdim. Bu yigitni Rossiya Bosh prokuraturasi tekshirib, ozod qilgan edi. U 3 kun ichida Rossiyadan chiqib ketishi kerak edi. Mana endi dom-daraksiz yo‘q, dedi Bahrom Hamroev.

Huquq faoli Abdumannon Jumaboev ishi yuzasidan barcha xalqaro inson haqlari tashkilotlariga murojaat qilishini bildirdi.

"Ёрдам" ташкилоти раиси Баҳром Ҳамроев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:46 0:00
Бевосита линк

Asli shahrixonlik, ammo hozirda Ukrainada qochqinlik maqomini olgan Abdumannon Jumaboev 2017 yilning aprel oyi boshlarida Lьvov shahridan Sankt-Peterburgga shaxsiy ish - peterburglik tadbirkorlardan biri unga bermagan ish haqini olish maqsadida kelgan.

Shu yilning 15 aprelida Abdumannon Jumaboev Rossiya maxfiy xizmatlari tomonidan ijarada turgan kvartirada hibsga olingan.

Rossiya Bosh prokuraturasi olib borgan tekshiruv natijasida va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bosimi ostida Peterburg shahri Frunze tuman sudining 2017 yil 17 mayidagi qarori bilan andijonlik muhojirga qo‘yilgan da’volar bekor qilingan va uning Ukrainaga chiqishiga ruxsat berilgan edi.

18 may kuni Moskva-Lvov poezdida Rossiyadan chiqib ketayotgan Abdumannon Jumaboev rus chegarachilari tomonidan poezddan tushirildi va yana bir bor ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bryansk shahar sudi qarorida o‘zbek qochqini “Rossiya hududida migratsiya qonunlarini buzgan”, deb qayd etilgan va uni O‘zbekistonga badarg‘a qilish to‘g‘risida hukm chiqarilganini Ozodlik xabar qilgan edi.

Himoyachisining aytishicha, Jumaboev O‘zbekiston xavfsizlik xizmati tomonidan “diniy-ekstremistik tashkilotga a’zolikda” gumon qilinib, qidiruvga berilgan.

XS
SM
MD
LG