Линклар

18 декабр 2017, Тошкент вақти: 00:30

Toshkentdagi markazidagi Simpoziumlar saroyida o‘tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyida prezident Mirziyoev Buxoro viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Tursunpo‘lat Toshpo‘latovni ishdan oldi.

Qurultoy delegatlaridan biriga ko‘ra, militsiya boshlig‘i yaqinda Navoiyda o‘tgan majlislardan birida “Kamolot” yetakchisini haqorat qilgan.

“Tashkilotning Navoiy viloyati Kengashi raisi Jamshid Xo‘jaevni viloyati militsiyasi boshlig‘i qattiq haqorat qilgan ekan. Bugun prezident uning ishdan olinganini, bundan keyin “Kamolot”chiga bunday muomala qilgan shaxsning qattiq jazolanishini aytdilar. Bunday g‘amxo‘rlik biz yoshlarni to‘lqinlantirib yubordi”, deydi ismi sir qolishini istagan Qurultoy delegati.

Tursunpo‘lat Toshpo‘latov shu yilning 19 yanvarida Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

2015 yildan beri O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan buxorolik bu shaxs tizimning tajribali mulozimlaridan biri edi.

Mahalliy telekanallarning ta’kidicha, prezident Shavkat Mirziyoev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini ham tanqidiy baholab, uning ishi bundan keyin O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi shaklida davom etishini aytgan.

Shuningdek, prezident bundan buyon viloyat hokimlari va IIB boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi joriy qilinishi va bu lavozim egalari Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan tayinlanishini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG