Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 12:51

Haqini ololmagan o‘zbek muhojiri ish beruvchining uyiga o‘t qo‘ydi


Moskva viloyatining Krasnogorsk shahrida yarim yil davomida mahalliy biznesmen va uning oila a’zolarini o‘ldirish bilan tahdid qilganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik muhojir qo‘lga olindi. Sud materiallaridan ma’lum bo‘lishicha, muhojir yigit ish haqini ololmagach, ish beruvchining uyini ikki marta yoqib yuborgan.

Podmoskovyening Krasnogorsk shahrida politsiya 41 yashar O‘zbekiston vatandoshini odam o‘ldirish bilan tahdid qilganlik va tovlamachilikda ayblab, qo‘lga oldi.

Krasnogorsk shahar sudida Ozodlikka o‘zbek muhojiri tergovchilar talabi bilan tergov yakuniga qadar sud tomonidan hibsga olinganini tasdiqlab berishdi.

Sud materiallaridan aniqlanishicha, Krasnogorskda qurilish ishlarida ishlab kelgan 1976 yilda tug‘ilgan Anvar Qo‘ldoshev Sergey ismli moskvalik biznesmenni maoshini bermasdan, uni politsiyaga topshirib yuborganlikda ayblagan.

Internetda Anvarning Sergeyga ijtimoiy tarmoqlari orqali tahdid qilayotgani va uyiga o‘t qo‘yayotgani videosi paydo bo‘ldi.

Mash axborot guruhi rasmiy sahifasida paydo bo‘lgan videoda noma’lum shaxs pichoq otib, mashq qilayotgani tasvirlangan. Shuningdek, ko‘rinishidan Anvar Qo‘ldoshevga o‘xshash shaxs bir necha marotaba Sergeyning uyi darvozasiga yonilg‘i qo‘yib, yoqib yuborayotgani videoregistratorga olingan.

Error rendering VK.

O‘zbek muhojiri travmatika pistoleti bilan rus tadbirkorining deraza oynalarini sindirayotgani ham unga politsiya tomonidan ayblov qo‘iylishiga sabab bo‘ldi.

Videorolikda go‘yo Anvar tomonidan yarim yil davomida yozilgan tahdid va haqoratlar ham namoyish qilindi:

- ... Men jinniman! Men qon chiqarishni yaxshi ko‘raman. Seni ko‘p marotaba pichoq bilan ursam, boshqalar tomosha qilishsin. Oilang tahdid ostida – himoya qil uni. Qizing tibbiyot institutining 3 kursida o‘qiydi. Boshingni judo qilaman va oilangni so‘yaman, deyiladi Sergeyga yuborilgan tahdidlarda.

Bu videolar e’lon qilinishi ortidan politsiya bo‘limiga keltirilgan Anvar Qo‘ldoshev shu tariqa biznesmendan ish haqini berishni talab qilishga majbo‘r bo‘lgani,chunki Sergey uni “kidat” qilganini gapirgan.

Hozirda o‘zbekistonlik 41 yashar migrant tergov izolyatoriga jo‘natildi, tergov ishlari davom etmoqda.

Anvar Qo‘ldoshev 7 yilgacha qamalishi mumkin
Anvar Qo‘ldoshev 7 yilgacha qamalishi mumkin

Ayni paytda bu videorolik ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqaldi.

Unga kelayotgan kommentlardan Anvar Qo‘ldoshev hatti-harakatlari katta tortishuvlarni keltirib chiqarganini ko‘rish mumkin. Ular orasida o‘zbek muhojiri himoyasiga bildirilgan fikrlarni ham uchratish mumkin:

"Bu biznesmen juda ayyor ko‘rinadi! Gasterlarni ishga olib, ularni keyin kidat qilgan. Bu oddiy sxema – odatda ular eski to‘shaklarini ko‘tarib, boshqa ishga o‘tib ketaveradi, vaqti-vaqti bilan qo‘ng‘iroq qilib, pul so‘rab turadi", yozdi vaziyatdan xabardor “Aylakta Muvetov”.

Yani bir sahifa muxlisi “Mokvabadga churkalarni ko‘paytirib yuborishdi, mana endi xo‘plab ichavering”, deb Moskvada migrantlar haddan tashqari ko‘pligiga ishora qildi.

XS
SM
MD
LG