Линклар

Bosh ofisi Londonda joylashgan BBC jahon xizmatining o‘zbek sho‘’basi 5 iyul kuni “bir muddat tanaffusdan so‘ng¸ O‘zbekistondagi faoliyatini qayta boshlash arafasida” ekanini e’lon qildi.

Shu munosabat bilan BBC o‘zbek xizmati Toshkentda ochish rejalanayotgan muxbirlik byurosiga ishga olinadigan jurnalistlar uchun tanlov e’lon qildi.

Biz jurnalistlarimizdan ishga ijodiy yondoshuv, yangi-yangi mavzularni topish, turli-tuman odamlar bilan muloqot va mamlakat bo‘ylab safar qilishga hozirlikni kutamiz.

Toshkent byurosi muxbiri O‘zbekistondagi yangilik-voqealarni nafaqat o‘zbekistonliklar, balki dunyo bo‘ylab o‘quvchi va tomoshabinlarga ham yetkazadi”¸ deyiladi BBC o‘zbek xizmati saytida qo‘yilgan xabarda.

Hozircha Britaniya media korporatsiyasining O‘zbekiston ichkarisida o‘z faoliyatini qayta boshlashiga oid boshqa tafsilotlar¸ xususan¸ muxbirlik byurosining qachon ochilishi tafsilotlari e’lon qilinmadi.

2005 yil Andijon voqealari ortidan BBC va Ozodlik radiolarining muxbirlik byurolari yopilib¸ xorij radiosi muxbirlari o‘z faoliyatini O‘zbekistondan tashqarida davom ettirishga majbur bo‘lgan edi. Ayni paytda¸ O‘zbekistonda ishlab kelgan xalqaro inson haqlari guruhlari ham Andijondagi qonli voqealarni tanqid qilgani ortidan¸ mamlakatdan quvilgan edi.

Ayrim kuzatuvchilar¸ BBCning O‘zbekistonga qaytishi Shavkat Mirziyoev hukumatining mustaqil axborot vositalari va so‘z erkinligiga nisbatan siyosati yumshay boshlagani ifodasi bo‘lishini taxmin qilmoqda.

5 iyul kuni o‘z ish faoliyatida ilb bor o‘zbekistonliklar bilan jonli onlayn muloqot o‘tkazgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov¸ Human Rights Watch va boshqa xalqaro nodavlat-notijorat tashkilotlar O‘zbekistonga qaytishi mumkin¸ deya bayonot berdi.

XS
SM
MD
LG