Линклар

13 декабр 2017, Тошкент вақти: 21:40

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasidan 25 km masofada joylashgan Vose tumanining Ibrati qishlog‘ida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi maxsus qo‘shinlari polkovnigi Gulmurod Halimovning ikki akasi va ikki jiyani otib o‘ldirildi.

Vose tuman militsiyasi Ozodlik muxbiriga Halimov qarindoshlarining Tojikiston xavfsizlik kuchlari bilan 4 iyul kuni yuzaga chiqqan qurolli to‘qnashuvda o‘ldirilgani va hozirda ular jasadining Ko‘lob morgida ekanini bildirdi.

Rasmiy manba iddaosicha¸ 42 yashar Gulmurod Halimov qarindoshlari uning 53 yashar akasi Sultonmurod Halimov boshchiligida militsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani ortidan xavfsizlik kuchlari ularga o‘t ochishga majbur bo‘lgan.

Halimov qarindoshlarining o‘zlari yashab kelgan Varzob tumanidan tojik-afg‘on chegarasi tomon harakatlanishi IIV xodimlari tomonidan kuzatib turilgan. Taxminlarga ko‘ra¸ ishidchi polkovnik yaqinlari Afg‘onistonga o‘tish maqsadida chegara hududiga kelgan bo‘lishi mumkin.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Vosedagi amaliyotga boshchilik qilgan Tojikiston IIV polkovnigi Anvar Huseynov to‘qnashuv paytida yengil jarohat olgan.

2015 yil aprelida g‘oyib bo‘lgan polkovnik Gulmurod Halimov bir oy o‘tib¸ Suriyadagi “Islom davlati” ekstremistik guruhi safiga qo‘shilganini e’lon qildi va o‘z vatandoshlarini ham YouTube orqali jihodga qo‘shilishga da’vat etdi.

Qochqin polkovnik¸ ekstremistlar safiga qo‘shilganini Tojikiston IIVning o‘z diniy erkinligini cheklagani¸ namoz o‘qishni taqiqlashi bilan izohlagan edi.

Dushanbe hukumati tomonidan davlatga xiyonatda ayblangan Halimovga¸ Jinoyat Kodeksining uch moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilib¸ xalqaro qidiruvga berilgan.

AQSh hukumati Tojikiston xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik dasturi doirasida Amerikada maxsus mashg‘ulotlarda qatnashgan polkovnikning qaerda ekaniga oid axborot uchun 3 million dollarlik mukofot puli va’da qilgan. Halimov o‘tgan yil yozida “Islom davlati” harbiy vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

XS
SM
MD
LG