Линклар

13 декабр 2017, Тошкент вақти: 16:13

Yevropaga ikkinchi rasmiy safarini amalga oshirayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp Polshaga bordi va prezident Anjey Duda bilan uchrashdi.

6 iyul kuni uning Varshavada Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari liderlari bilan uchrashishi kutilmoqda.

So‘ngra Tramp "Katta yigirmalik" sammitida qatnashish uchun Germaniyaga boradi va Rossiya prezidenti bilan yuzma-yuz uchrashadi.

Kunning ikkinchi yarmida Donald Tramp Germaniyaning Hamburg shahriga boradi va u yerda Katta yigirmalik sammitida qatnashadi.

Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Hamburgda o‘tadigan “Katta yigirmalik” sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishini tasdiqladi.

Rasmiy xabarga ko‘ra¸ Tramp va Putinning prezident sifatidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuvi 7 iyulga belgilangan.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Tramp-Putin uchrashuvi kun tartibiga hech qanday maxsus muhokamalar kiritilmagani va prezidentlar o‘zlari istagan mavzularda gaplashishlarini bildirgan edi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri birinchi uchrashuvdaikkala prezidentning Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishi muhimligini ta’kidladi.

Ayni paytda Rossiyani 2016 yilgi AQSh prezident saylovlariga bevosita daxl qilganlikda ayblaëtgan AQSh Kongressi va Federal tergov byurosi¸ Tramp saylovoldi kampaniyasi vakillari bilan Moskva rasmiylari o‘rtasida yashirin aloqa bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash bo‘yicha maxsus tekshiruvlar olib bormoqda.

XS
SM
MD
LG