Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:32

"Amerikadan qaytib, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2 yilda tiklab berishga tayyorman"


Akrom Mahmudov Amerikada tibbiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyada mutaxassis bo‘lib ishlaydi.
Akrom Mahmudov Amerikada tibbiy texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyada mutaxassis bo‘lib ishlaydi.

Ozodlikning Portal rukniga Amerikadan murojaat qilgan 43 yashar Akrom Mahmudov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ikki yilda tiklanishiga ishonadi. Bu boradagi takliflarini prezident Mirziyoevning virtual qabulxonasiga yo‘llagan Akrom agar taklif qilishsa, O‘zbekistonga qaytib, buni amalda isbot qilishga ham tayyorligini ta’kidladi.

Asli qashqadaryolik Akrom Mahmudov O‘zbekistonda payti "Kamolot" yoshlar harakati a’zosi bo‘lgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullangan.

Akromning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, yoshlar tashkilotlari faoliyatidan va qishloq xo‘jaligi sohasidan yaxshi xabardor bo‘lgani bois prezident portaliga o‘z takliflarini yo‘llagan:

- O‘sha paytdagi muammolar yana takrorlanmasligi uchun, menga o‘xshab "Kamolot" kabi yoshlar ittifoqiga ishonib, harakat qilib, bo‘riga go‘sht tashlaganday tashlab, xor qilib tashlamasin degan maqsadda prezident portaligiga takliflarimni yozdim,- deydi Mahmudov.

O‘z takliflarini Ozodlik mushtariylari bilan ham o‘rtoqlashgan Akromga ko‘ra, yoshlar tashkilotlari mahalliy hokimlik organlaridan mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatishi lozim, aks holda biror o‘zgarish bo‘lishi imkonsiz:

- Hokimlik aralashsa, tarafkashlik kuchli bo‘ladi. Shuning uchun mening taklifim "Yoshlar" ittifoqida kengash tuzib, yaxshi fikrlaydigan yoshlarni shu kengashga kirgizib, saylov asosida kadrlar tanlansa yaxshi natija bo‘lishi mumkin. Pul aralashmasdan, tanish-bilishsiz kelgan odam ishlaydi. Agar viloyat hokimining tavsiyasi bilan qilinsa, u bola hokimga qarshi chiqib, biror narsa qila olmaydi,- deydi Mahmudov.

Akrom yerdan unumli foydalanmayotgan fermerlar qo‘lidan yerlarini olib, yosh tadbirkorlarga berishni taklif qiladi:

- O‘sha yerda "Yoshlar" ittifoqining uyushmasini tuzib, brigadalar ochib, Rossiyada, chet ellarda sarson bo‘lib yurgan mutaxassislarni chaqirib, o‘sha joylarga ishga qo‘yib, ularni texnika bilan ta’minlasa, bolalar zudlik bilan ishga kirishadi. Bitta qishloqda o‘nta brigada bo‘lsa, 70-80tadan yoshlar ishlasa, bitta qishloqda 800ta odam ishga kiradi. Uning orqasidan qancha traktorchi bor, zavodlar ishga tushadi. Bu bir-biriga ulanib ketaveradi,- deydi Akrom Mahmudov.

Hozirda Amerikada tibbiy texnikalar ishlab chiqaruvchi kompaniyada mutaxassis bo‘lib ishlayotgan Akrom Mahmudov "Agar taklif qilishsa, O‘zbekistonga qaytib, ikki yil ichida qishloq xo‘jaligini tiklab berishga tayyor"ligini ham aytdi:

- Menga oylik ham kerak emas. Menga kafolat bo‘lsa boraman. Viloyat hokimligi, prokuratura, SNBdan kafolot bo‘lsa boraman. Men o‘sha paytda "Kamolot"da ishlaganimda ochiqdan-ochiq tazyiq bo‘lgan menga. Qamashdi meni. Amerika elchixonasi yordamida qamoqdan chiqqanimda, "Bu yerdan chiqib ketmasang, qamaymiz seni", deb yuzimga aytishgan. O‘shanday taziyq bo‘lmasa, aytgan takliflarini amalga oshiraman. Men bilaman odamlarni qanday qilib, olib kelib, ishga joylashtirish, mutaxassislarni qaytarishni bilaman. Men hech kimdan pora olmayman. Menga puli ham kerak emas. Lekin men qanday ishlash kerakligini ko‘rsata olaman. O‘sha yerdagi uzumzorlarni, olmazorlarni uzog‘i bilan ikki yilda 20-30 tonnaga chiqaraman, -deydi Akrom Mahmudov.

Hozirda Amerikada yashayotgan Akrom Mahmudov bilan suhbatni to‘liq ravishda quyida tinglashingiz mumkin:

Акром Маҳмудов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:47 0:00
Бевосита линк

Muhim eslatma: Prezident Mirziyoev portaliga yo‘llamoqchi bo‘lgan shikoyatingiz nusxasini Ozodlikka ham yo‘llashni unitmang! Arizangiz taqdirini birgalikda kuzatamiz!

XS
SM
MD
LG