Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 23:34

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani Ukraina va boshqa qo‘shni mamlakatlarni beqarorlashtirshni bas qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra,Moskva dunyo muammolarini hal qilishda g‘arb davlatlariga qo‘shilishi kerak.

Tramp Rossiyadan “dushman rejimlar – Suriya va Eronni dastaklashni” to‘xtatishni talab qildi.

Uning bunday bayonoti Varshavaga safari chog‘ida yangradi.

Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar “Markaziy Yevropada tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi majburiyatiga sodiq” va “Polsha bilan Rossiyaning beqarorlashtiruvachi xatti-harakatlariga javoban ish olib bormoqda”, deb aytdi.

Donald Trampning aytishicha, Amerika mintaqada barqarorlik ramziga aylangan Polsha va polyak xalqini sevadi.

Tramp Polsha prezidenti Andrey Duda bilan uchrashuvi ortidan Vashingtonning NATO ittifoqi oldidagi majburiyati borligini ta’kidladi.

- Bizning NATO va Polsha bilan kuchli ittifoqimiz hamon ziddiyatlarni tiyib turish, buyuk davlatlar o‘rtasidagi urush hech qachon Evropani vayron qilmasligini ta’minlash hamda dunyo xavfsiz va tinch bo‘lishi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda, – dedi u.

AQSh prezidenti savdo va energetika sohalarida Polsha bilan hamkorlikni kengaytirishga va’da berdi.

Trampning ta’qidlashicha, Polsha va uning qo‘shnilari energiyaning yagona ta’minotchisiga qaram bo‘lib qolmaydi.

Polsha tarixi haqida gapirarkan, Tramp bu mamlakat bir necha marta istilo ostida qolgani, ammo polyak xalqi hech qachon mag‘lub bo‘lmaganiga alohida urg‘u berdi.

Amerika rahbari polyak xalqini ozodlik ramzi deb atadi.

Tramp may oyidagi Yevropaga qilgan ilk safari chog‘ida NATOga a’zo ko‘plab mamlakatlar shartnomaning 5-moddasini eslamaganidan tashvishga tushib qoldi.

U buning o‘rniga ittifoqchilarni mudofaaga kam mablag‘ sarflayotgani uchun tanqid qilgan va Qo‘shma Shtatlar keragidan ortiq xarajatlarni zimmasiga olayotganini aytgan edi.

Jug‘rofiy jihatdan Rossiyaga yaqinligi Polshaning Moskvaning miqtaqadagi xatti-harakatlari borasidagi tashvishlarini orttirdi.

Bunga Rossiyaning Ukrainaning Qrim viloyatini bosib olgani, Ukraina sharqidagi bo‘lginchilarni qo‘llab quvvatlayotgani, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa mamlakatlaridagi saylovlarga aralashgani gumon qilinayotgani sabab bo‘ldi.

Tramp prezident Duda bilan uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot konferensiyasida jurnalistlarga Rossiya 2016 yilgi AQSh prezident sayloviga aralashganini aytib, lekin "buni hech qim aniq ayta olmasligi"ni bildirdi.

Donald Tramp, AQSh prezidenti:

"Men sobiq prezident Barak Obama qo‘lini sovuq suvga urmadi, deb ayta olmayman. Menimcha, u Hillari Klinton saylovda yutib chiqadi, deb o‘ylagan, shuning uchun u hech ish qilmadi. Agar u boshqacha tarzda o‘ylaganida, bunga qarshi nimadir qilishi kerak edi. Avgust boshida Markaziy razvedka boshqarmasi uni Rossiya saylovga aralashmoqchi yoki jiddiy aralashmoqchi ekanidan ogohlantirgan. Lekin u hech ish qilmadi. Sababi Hillari g‘alaba qiladi, deb o‘ylagan".

Tramp ushbu fikrlarini Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rabarlari bilan uchrashuvi va Polsha xalqi oldida televidenie orqali nutq so‘zlashidan oldin bildirdi.

U 6 iyul kuni kechroq G20 sammiti – zirvasida ishitrok etish uchun Germaniyaning Hamburg shahriga tashrif buyuradi, 7 iyul kuni esa sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

Tramp "Uch dengiz tashabbusi" sammitida ishtirok etgan mamlakatlar rahbarlarini AQShning suyultirilgan gazini sotib olishga da’vat qildi.

2016 yilda Polsha va Xorvatiyaning qo‘shma loyihasi bo‘lgan ushbu guruhga bugungi kunda Vengriya, Chexiya Respublikasi, Rumiinya, Bolgariya, Estoniya, Latviya, Sloveniya va Avstriya kiradi.

Polsha rahbarlari Trampning fikrlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Shu paytgacha, Polsha rahbarlari Yevropa boshqa mamlakatlari qatori AQSh prezidentning NATO oldidagi majburiyatlariga va shartnomaning 5-moddasiga sodiqligini ma’lum qilishini kutayotgan edi. Unga ko‘ra, NATOning bir a’zosiga qilingan hujum butun boshli ittifoqqa qilingan hujum bilan tengdir.

Suriyadagi mojaro va AQShning Suriyadagi parvozlar taqiqlanadigan zona tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi G20 zirvasi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘ladi.

G20 zirvasi chog‘ida Yevropa rahbarlarining Trampga Qo‘shma Shtatlarning Parijning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash shartnomasidan chiqishi, erkin savdo va immigratsiya masalalariga oid keskin savollar berilishi kutilmoqda.

AQShning G‘arbdagi ittifoqchilari Trampning Putinga uning Sharqiy Ukrainadagi 10 mingdan oshiq qishining yostig‘ini quritgan mojaroga barham berish borasida bosim o‘tkazishini kutmoqda.

Tramp Rossiyadan tashqari Shimoliy Koreya masalasida Xitoyga ham bosim o‘tkazishga urinib ko‘radi. U 4 iyul kuni Shimoily Koreya raketa sinovi o‘tkazgandan so‘ng Xitoy unga hech qanday ta’sir ko‘rsatmayotganidan hafsalasi pir bo‘lganini yashirib o‘tirmadi.

Trampning Germaniya kansleri Angela Merkel bilano‘zaro munosabati ham jiddiy kuzatuv ostida bo‘ladi.

Chunki Merkelning joriy yil boshidagi Vashingtonga va Trampning may oyidagi Yevropaga safari vaqtida noqulay vaziyatlar yuzaga kelgan edi.

XS
SM
MD
LG