Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:00

Farg‘onada zo‘ravon IIB boshlig‘i javobgarlikka tortildi


Farg‘onada fermerga zo‘ravonlik qilgan tuman IIB boshlig‘ining jinoyatiga chek qo‘yildi.Surxondaryoda 60 yoshli ota o‘z o‘g‘lini o‘ldirib kanalga cho‘ktirdi. 11 yillik maktab ta’limiga o‘tish – yangisini qurmay, eskisini buzishga o‘xshab qolishi mumkin. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Matbuot: 11 yillik maktab ta’limiga o‘tish – yangisini qurmay, eskisini buzishga o‘xshab qolishi mumkin

O‘zbekistonda 9+3 formatidagi 12 yillik majburiy ta’limdan 11 yillik majburiy maktab ta’limiga o‘tish taklif etilmoqda (“XXI asr”, 6 iyul).

Gazetaga ko‘ra, kollej tizimidan voz kechib, to‘liq maktab ta’limiga o‘tish yangisini qurmay turib, eskisini buzishga o‘xshab qolishi mumkin.

Negaki, 12 yillik ta’lim tizimi MDH hamda rivojlangan davlatlarda o‘zini oqlagani bois qo‘llanib kelmoqda.

“O‘zbekistonda 11 yillik majburiy ta’limga o‘tilsa, bu hol kelajakda farzandlarimizning xorijdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish imkoniyatini cheklab qo‘ymasmikan, degan yana bir xavotirli savol paydo bo‘ladi”,- deb yozadi gazeta.

Farg‘onada fermerga zo‘ravonlik qilgan tuman IIB boshlig‘ining jinoyatiga chek qo‘yildi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Sharofiddin Baytemirov shu hududdagi “Ibrat chorvador fayz” fermer xo‘jaligi rahbariga zo‘ravonlik qilgani bois javobgarlikka tortildi (“Postda”, 1 iyul).

Tuman IIB rahbari fermer xo‘jaligi rahbari 9 gektar maydonda ming mashaqqat bilan yetishtirgan bug‘doy hosilining barchasini tortib olgan.

Tuman IIB boshlig‘i dag‘dag‘ayu po‘pisalar bilan fermerning takroriy ekindan olgan daromadidan 10 million so‘mga ham sherik chiqqan. Qayd etilishicha, IIB rahbarining bosim o‘tkazishi oqibatida fermer ruhiy tushkunlikka tushib qolgan.

Otasiga nisbatan qilinayotgan adolatsizliklarga chiday olmagan o‘g‘il huquq idoralariga murojaat qilgan.

Mansab vakolatini suiiste’mol qilib, moddiy boylikka ruju qo‘ygan IIB rahbari javobgarlikka tortilgan.

Surxondaryoda 60 yoshli ota o‘z o‘g‘lini o‘ldirib kanalga cho‘ktirdi

Surxondaryo viloyatilik 60 yoshli Oilada to‘rt farzand bo‘lib, kenja o‘g‘il spirtli ichkilikka ruju qo‘yadi. Bebosh o‘g‘il mast holda xarxasha qilish, hatto ota-onasini haqorat qilishga odatlanadi.

Bundan bezor bo‘lgan ota kenja o‘g‘li mast holda uyda to‘polon ko‘targan kunlarning birida dastlab hassa bilan boshiga urib uni hushidan ketkizadi.

Keyin qo‘l-oyog‘iga elektr sim bog‘lab, simning uchini rozetkaga ulaydi va shu tariqa tok yordamida uni o‘ldiradi. Birov so‘rasa yo‘qolib qoldi deyishni rejalashtirib, jasadni ko‘rpaga o‘rab, bir amallab sudrab borib kanalga tashlab yuboradi.

Jinoyat ishiga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan. Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi qotil otani 15 yilga ozodlikdan mahrum etgan.

XS
SM
MD
LG