Линклар

“Ilhom” teatri rahbari Boris G‘afurov fikricha, o‘zbek teatri vakuum ichiga tushib qolgan.Meva va poliz mahsulotlariga qiron keltiruvchi Amerika oq kapalagi hozirgi kunda Qozog‘iston va Qirg‘izistonda keng tarqaldi. Yaqin kunlarda bu zararli kapalak O‘zbekistonga ham kirib kelishi mumkuin. O‘zbek gazetalari o‘tgan haftada mana shular haqida yozdi.

Yashirincha ikkinchi xotinga uylanayotganlar tanqid qilindi

O‘zbekistonda “pul topib aql topmagan nafsi beo‘xshovlar” orasida ZAGSdan o‘tmay, birinchi oilasidan yashirincha ikkinchi xotinga uylanish hollari kuzatilmoqda (“Xalq so‘zi”, 4 iyul).

Qayd etilishicha, ularga ilmi bor-u, amali yo‘q, nafsi hakalak otgan chalamullalar nikoh o‘qimoqda.

“Qo‘shxotinlik oilalarni baxtli qilishi afsona. Aksincha oila a’zolariga baxtsizlik keltiradi, xolos. Deylik, erkak birinchi xotiniga aytibmi yo yashirin ravishdami, uylandi. Natijada rafiqasi hamda farzandlari javob tarzida unga bo‘lgan muhabbatini nafratga aylantiradi”,- deb yoziladi maqolada.

Aytilishicha, qo‘shxotinlik, kundoshlik balosi qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi jamiyatni tashvishga solishi kerak.

“Ilhom” teatri rahbari Boris G‘afurov: O‘zbek teatri vakuum ichiga tushib qolgan

“Ilhom” teatri badiiy rahbari, aktyor Boris G‘afurov o‘zbek teatridagi muammolarga e’tibor qaratdi (“Darakchi”, 6 iyul).

“Afsuski, muammolar yetarli. Ulardan biri – bugun o‘zbek teatri vakuum ichiga tushib qolgandek. Biz boshqa davlatning teatrlaridan uzilib qolganmiz. Dunyo teatrlarida nima bo‘layotganini bilmaymiz, ulardan bexabarmiz. Bizga xalqaro festivallar yetishmayapti”, degan B.G‘afurov.

Teatrlarda tomoshabin kamayib borayotganiga munosabat bildirgan aktyor bunga ijodkorlarning o‘zi aybdor ekanini aytgan.

“Kechisariz-u, agar teatr va ijodkorlar muammoni kelayotgan xalqdan emas, o‘zlaridan qidirganida edi, masalaning yechimi ham ko‘rinardi. Professional ijodkorlar jamoasi xalq kutayotgan asarni taqdim etsa, odamlar kelib spektakl tomosha qilishiga 100 foiz ishonaman”, - degan “Ilhom” teatri badiiy rahbari.

Mutaxassis: Amerika oq kapalagining O‘zbekistonga ham kirishi xavfi bor

Meva va poliz mahsulotlariga qiron keltiruvchi Amerika oq kapalagi hozirgi kunda Qozog‘iston va Qirg‘izistonda keng tarqalgan (“Hurriyat”, 5 iyul).

Toshkent shahar o‘simliklar karantini chegara punkti davlat noziri A.Sodiqovga ko‘ra, ushbu o‘ta xavfli hasharotning O‘zbekistonga ham kirib kelish xavfi mavjud.

Zararkunandalar qishni g‘umbak holida po‘stloqlarning g‘ovak qismi va qurigan barglar orasida o‘tkazadi, yozda esa g‘umbaklardan kapalaklar chiqadi.

Amerika oq kapalagi dehqonchilik mavsumi uzoqroq davom etadigan joylarda ikki marta ko‘payadi.

Davlat noziri A.Sodiqov ushbu hasharot tahdididan ogoh etarkan, unga qarshi samarali kurashish uchun o‘simliklar karantini qonun-qoidalariga amal qilish lozimligini ta’kidlaydi.

XS
SM
MD
LG