Линклар

Шошилинч хабар
14 декабр 2019, Тошкент вақти: 13:08

Toshkentning “Obod” futbol klubi tugatilmoqda


O‘zbekistondagi "Obod" xususiy futbol klubi tugatilmoqda. Klub rahbariyati futbolchilarni yig‘ib majlis o‘tkazgan. Unda klub faoliyati tugatilayotgani e’lon qilingan. Futbolchilar o‘zlariga yangi jamoa qidirmoqda. 2013 yilda tashkil ushbu jamoa o‘tgan yili oliy ligada debyut qilgandi.

Toshkentning "Obod" klubi homiylarning tashabbusi bilan tugatilishi hamda Oliy ligadagi ishtirokini chempionat yarmida yakunlashi mumkin, - deya xabar beradi “Ozodlik”ning O‘zbekiston futbol federatsiyasiga yaqin manbasi.

Uning aytishicha, shu yilning 3 iyul kuni “Obod” klubida maxsus yig‘ilish o‘tkazilib,u nda klub bosh homiysi “Mustang” yoqilg‘i quyish shahobchalari vakillari jamoa futbolchilariga o‘zlari uchun boshqa klub topishlarini tavsiya qilishgan.

“Mustang” yoqilg‘i quyish shahobchalari vakillari bundan buyog‘iga klubga homiylik qila olmasliklarini, ularda moliyaviy muammolar yuzaga kelganligini aytib, futbolchi va murabbiylar o‘zlariga boshqa ish topishi zarurligi haqida ogohlantirishdi”, - deydi “Ozodlik” manbasi.

Uning bildirishicha, “Obod” homiylari futolchi va murabbiylarga aprelьdan oyidan keyin, ya’ni uch oydan beri maosh va mukofot pullari to‘lashmagan.

O‘tgan uch oy davomida “Obod” rahbariyati klubni saqlab qolish uchun unga yangi homiy qidirishni boshlagan. Lekin bu ishlar samarasiz yakunlangan.

“Obod” klubi O‘zbekiston Oliy ligasida 2016 yildan beri ishtirok qiladi. Bu yilgi chempionatning birinchi davrasidan so‘ng jamoa 9 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

XS
SM
MD
LG