Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:10

OzodMikrofon: Xatirchi hokimi fermerlar uzumzoriga suv bermayapti


Navoiy viloyati Xatirchi tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan miroblardan biri, tuman hokimining buyrug‘i bilan Oltinobod qishlog‘i hududidagi fermerlarning uzumzorlari va aholining tomorqasi suvsiz qolayotganidan shikoyat qildi. Mirobning aytishicha, hokim paxtaga suv olamiz deb, bog‘bonlarni suvdan qisib qo‘ymoqda, suv tortadigan nasoslar esa eskirib qolgan.

Хатирчилик мироб билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:56 0:00
Бевосита линк

Ozodlik mirobning bu shikoyatiga munosabat olish uchun Xatirchi tumani hokimi G‘ofir Aliev bilan bog‘landi. Hokim Ozodlikning fermerlarning suvdan shikoyati bor, degan gapini eshitishi bilanoq aloqani uzib qo‘ydi.

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG