Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:51

Tillerson va Poroshenko Moskvani kelishuvga amal qilishga chaqirdi


AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Kievda Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan muzokaradan so‘ng Rossiyani Minsk kelishuviga to‘liq amal qilishga chaqirdi.

Poroshenko bilan muzokaralardan so‘ng AQSh Davlat kotibi Tillerson Vashington ikki yil oldin qabul qilingan Minsk kelishuviga yetarli darajada amal qilinmayotganidan qoniqmayotganini ta’kidladi.

"Biz Rossiyani Minsk shartnomasi ostida zimmasiga olgan majburiyatlarga hurmat bilan yondoshish va mutlaqo ularning ta’siri ostida bo‘lgan separatchilarga bosim o‘tkazishga chaqiramiz", dedi Reks Tillerson.

Ayni paytda, u 2014 yilda Qrimni anneksiya qilgani ortidan Rossiyaga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar Ukraina hududiy yaxlitligi tiklangunga qadar saqlanib qolinishini bildirdi.

Prezident Poroshenko esa Tillersonning safari AQSh Ukrainani qo‘llayotganiga "kuchli" ishoratdir, dedi.

Germaniyada o‘tgan "Katta yigirmalik" sammiti davomida AQSh prezidenti Donald Tramp, lavozimiga kelganidan buyon ilk kez, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashdi. Uchrashuvni "juda ajoyib", deb baholagan Tramp Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash zarurati haqida gapirdi.

9 iyul kuni Twitter sahifasida xabar qoldirgan prezident Tramp Putin bilan uchrashuvida sanksiyalar masalasi muhokama qilinmagani, "Ukraina va Suriyadagi muammolar hal bo‘lmaguncha, hech narsa o‘zgarmasligi"ni bildirdi.

9 iyul kuni Kievda o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida aytilishicha, AQSh Ukraina sharqidagi urushni kuzatadigan yangi maxsus vakil tayinlagan.

Maxsus vakil Kurt Uolker yana bir necha kun Kievda qolib, tomonlarning Minsk shartnomasiga amal qilayotganiga ishonch hosil qilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Kievga safari davomida AQSh Davlat kotibi Ukraina rahbariyatini "iqtisodiy va aksil-korrupsiya islohotlari"ni davom ettirishga chaqirdi.

Ukraina sharqida Kiev qo‘shinlari va Rossiyadan ko‘mak olayotgan separatchilar o‘rtasida 2014 yildan beri davom etayotgan urush harakatlari davomida 10 mingdan ortiq odam qurbon bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG