Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:43

Mirziyoev: Bundan buyon kadr tanlashda qarindoshlari sudlanganiga e’tibor berilmaydi


Bundan buyon yosh kadrlarni tanlashda ularning yaqinlari sudlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ahmiyat qaratilmaydi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev 12 iyulda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Kun.uz nashrining 13 iyul kuni ma’lum qilishicha, prezident yig‘ilishda: “20 yil davomida shunaqa tizim yaratdikki, yaxshi-yaxshi kadrlarni “otasi qamalgan”, “akasi qamalgan”, degan vajlar bilan boshqaruvga yaqin yo‘latmadik. Barcha o‘zi uchun javob bersin. Ota o‘zi uchun, bola o‘zi uchun, aka o‘zi uchun. Endi vatanparvar bo‘lsa, tashabbuskor bo‘lsa, boshqaruvga jalb qilamiz”, - deb aytganini xabar qildi.

“Shu kungacha qarindoshlari sudlangan yoki qamalganlar ijtimoiy faoliyatida turli to‘siqlarga duch kelishi kuzatiladi. Bu toifdagi yoshlar o‘zi istagan oliygohga o‘qishga kirishda, o‘zi istagan ish bilan shug‘ullanishni istaganida diskriminatsiyaga uchraydi. Bu holat jamiyatdagi maishiy munosabatlarda ham aks etadi”, deb yozadi Kun.uz.

XS
SM
MD
LG