Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:44

Qurultoy: Qamalganlarning yaqinlari «tavqi la’nat»dan qutuldimi?


Bundan buyon yosh kadrlarni tanlashda ularning yaqinlari sudlangani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ahamiyat qaratilmaydi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev 12 iyulda o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Ozodlikning Qurultoy eshittirishi qatnashchilari O‘zbekiston prezidentining 12 iyul kuni aytgan “20 yil davomida shunaqa tizim yaratdikki, yaxshi-yaxshi kadrlarni “otasi qamalgan”, “akasi qamalgan”, degan vajlar bilan boshqaruvga yaqin yo‘latmadik. Barcha o‘zi uchun javob bersin. Ota o‘zi uchun, bola o‘zi uchun, aka o‘zi uchun. Endi vatanparvar bo‘lsa, tashabbuskor bo‘lsa, boshqaruvga jalb qilamiz”, degan gaplarini nohaq qamalganlarni reabilitatsiya qilish yo‘lidagi ilk qadam deyishdi.

Қурултой эшиттириши
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:50:55 0:00

Eshittirishda qatnashgan sobiq siyosiy mahkum¸ 22 yil qamoqda o‘tirib chiqqan Murod Jo‘raev va uning xotini Xolbeka Jo‘raeva siyosiy faoliyati uchun qamalib chiqqan Nodira Hidoyatovalar prezidentning bu tashabbusini «kechikkan adolat xabari» deya baholashdi.

Muxolifatdagi «Birlik» xalq harakati partiyasi faoli Akbarali Orif bu tashabbus kriminal dunyo a’zolari qarindoshlarining korrupsiya maqsadida hukumatga ildiz otishiga chek qo‘yish tadbiriga halal bermasligi kerakligini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG