Линклар

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar va Senati a’zolari Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar jiddiy buzilgan degan xulosaga keldi

Oliy Majlis deputati: Buxoroning Qorako‘lida ahvol jiddiy

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar va Senati a’zolari Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar jiddiy buzilgan degan xulosaga keldi (“Jamiyat”, 7 iyul).

Xususan, tumanda saksovul, qandim, yulg‘un va boshqa yoqilg‘ibop o‘simliklar talon-taroj etilgan. O‘simliklarni yig‘ishda ularning yoshi va vegetatsiya davri hisobga olinmagan.

Qayta tiklanishiga imkoniyat qoldirmasdan o‘simliklarni ildizi bilan kavlab olish odatiy holga aylangan. Oqibatda hudud o‘rmon fondiga jiddiy ziyon yetkazilgan.

Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Xolboevga ko‘ra, vaziyatning bunday jiddiy tus olishiga aholining gaz, ko‘mir bilan ta’minlanmagani va mutasaddilarning sovuqqonligi sabab bo‘lgan.

Toshkentda fohishaxona faoliyatiga yo‘l ochib bergan IIB profilaktik inspektori jazolandi

Toshkent shahri Mirobod tumanida profilaktika inspektori sifatida faoliyat yuritib kelgan Nazirjon Usmonov jinoyatlarni qasddan yashirgani, jinoyatlarga yo‘l ochib bergani va rasmiy hujjatlarni soxtalashtirgani aniqlandi (“Postda”, 8 iyul).

IIB inspektori hududdagi jinoyatlarni qasddan yashirib, noqonuniy faoliyatga homiylik yilgan. Masalan, u o‘zi nazorat qilayotgan hududdagi xonadonlardan birida fohishaxona ochilishi yo‘l ochib bergan.

Fuqarolardan biri fohisha ayol uni to‘nagani haqida ariza berganida ham militsiya noziri jinoyatni yashirgan. Tergov jarayonida boshqa qonunbuzarliklar ham aniqlangan.

“Mana shunday sharafli kasbni tanlab, ichki ishlar organi xodimi degan nomga dog‘ tushirayotgan, fuqarolar o‘rtasida obro‘-e’tiborini yo‘qotayotgan N.Usmonov kabilarga endi oramizda o‘rin yo‘q”, - deb yozadi

IIV nashri. IIB noziriga qanday jazo tayinlangani ma’lum qilinmagan.

O‘zbekiston bozorlarida go‘sht narxi keskin ko‘tarildi

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston bozorlarida go‘sht narxi keskin ko‘tarilgani kuzatildi (“Hurriyat”, 12 iyul).

Ayni paytda mamlakat bozorlarida 1 kg suyakli mol go‘shti 29-34 ming, lahm go‘sht esa 35-40 ming so‘mgacha sotilmoqda. Shu tariqa go‘sht mahsulotlari turiga ko‘ra o‘rtacha 3000 so‘mga qimmatlagan.

Go‘sht narxi oshishiga “Darakchi” nashri ham e’tibor qaratgan. Qassoblarning gazetaga ma’lum qilishicha, Toshkentga viloyatlardan mol olib kirish qiyin bo‘layotgani va yem-xashak narxi ko‘tarilgani qimmatlashuvga sabab bo‘lgan.

Ammo gazeta go‘sht nafaqat Toshkent, balki mamlakat viloyatlarida ham oshganini qayd etgan.

XS
SM
MD
LG