Линклар

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan tinglovchi Karom Esanov qishloqdagi muammolar hal etilmayotgani, aholi qurtlagan suvni iste’mol qilishga majbur bo‘layotganidan shikoyat qildi.

Tinglovchining aytishicha, tuman markazidan 25 kilometr uzoqda joylashgan qishloq, hokimiyatning e’tiboridan chetda qolib ketgan, avtobus qo‘yilmagani sababli bolalar qishin-yozin 4 kilometr uzoqlikdagi maktabga piyoda qatnaydi.

Farg‘onalik dorixona mudiri esa, inson salomatligi uchun juda muhim bo‘lgan dorilar taqchil bo‘lib qolgani haqida gapirdi.

Dorishunosga ko‘ra, odamlar kerakli dorilarni topolmay aptekama-apteka izg‘ib yuribdi.

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilaëtgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

Sizning fikringiz

XS
SM
MD
LG