Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:25

Qrimga yasama plastik qayiqda ketayotgan toshkentlik ushlandi


53 yoshli sayoh safarga puxta tayyorgarlik ko‘rgan
53 yoshli sayoh safarga puxta tayyorgarlik ko‘rgan

Rossiya Chegara xizmatining Qrim boshqarmasi xodimlari Kerch bo‘g‘ozida yasama qayiqda ketayotgan sayyohni qo‘lga oldi. Tekshiruv paytida toshkentlik ekani aniqlangan 53 yashar bu shaxs Qrimga shu tariqa sayohat qilishga qaror qilganini gapirgan.

Qirg‘oqdan 1 milya narida 13 iyulda ushlangan va chegarachilar kateriga chiqarib olingan 53 yashar bu shaxs asli Toshkentlik ekani, hozirda Rossiya grajdani, Saratov viloyati Kalininsk shahrida yashayotgani aniqlangani aytildi.

- Bu kishi 2012 yilda mamlakat bo‘ylab sayohat qilishga qaror qilgani, buning uchun esa, hatto politsiyaga qayd joyidan o‘chirishni so‘rab murojaat qilganini bildirdi. 53 yashar Toshkentlik, hozirda esa Rossiya vatandoshligiga ega bu shaxs Saratov viloyatidan Stavropol va Kuban mintaqalari orqali Qrimga sayohat qilishni rejalashtirgan ekan, deyiladi Chegara xizmati tarqatgan rasmiy xabarda.

Ismi oshkor etilmayotgan o‘zbekistonlik “Kavkaz” portiga kelib, Kerch bo‘g‘ozidan o‘tish uchun taxta va plastik butilkalardan qayiq yasaydi.

Dengiz harbiylari tomonidan to‘xtatib qolingan sayyoh so‘roq paytida o‘z rejasiga puxta tayyorgarlik ko‘rganini bildirdi - uning kemasida hatto elkanlar yasalganini ko‘rish mumkin:

- Men Qrim yarim oroliga o‘tmoqchi edim. Ryukzakimda issiq qiyim, biroz yegulik bor edi, dedi o‘z yuki va yasama qayig‘iga ishora qilgan o‘zbekistonlik.

(FSB Chegara xizmati xodimlari videosi)

Toshkentlikning sayohatga bo‘lgan xohish-istaklarini tushunishni istamagan FSB boshqarmasi “Dengizning hududiy qismi va Rossiya Federatsiyasining ichki dengiz qismida chegara rejimini buzganligi” uchun uni ma’muriy javobgarlikka tortdi.

Chegarachilar tomonidan ogohlantirilgan sayohatchi hozirda ozodlikda.

XS
SM
MD
LG