Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2019, Тошкент вақти: 22:19

Bryusselda “O‘zbekiston-YeI” hamkorlik kengashining Karimov vafotidan keyingi birinchi majlisi bo‘ladi


Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchligidagi delegatsiya 2017 yilning 17 iyul kuni Bryussel shahrida “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Bu haqda xabar qilgan TIV matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqi, Belgiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar va turli shakllardagi boshqa uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan mamlakat - Estoniya tashqi ishlar vaziri Sven Mikser raislik qiladigan “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashi majlisida islohotlar, insonhuquqlari va qonun ustivorligi masalalari ko‘tarilishi kutilmoqda.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi bilan muloqot chog‘ida, o‘tgan yil sentabrida Islom Karimovning o‘limi e’lon qilinishi ortidan iqtidorga kelgan prezident Shavkat Mirziyoev tashlagan ba’zi liberal qadamlar O‘zbekiston bilan“o‘zaro hamkorlikning qayta tiklanishiga” umid paydo qilganini aytdi.

Yevropa ittifoqi rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda Mirziyoev boshlagan adliya, davlat boshqaruvi va xavfsizlik xizmatlari sohasidagi islohotlar tilga olindi va bu islohotlarning biznes muhitini yaxshilashi urg‘ulandi.

YeI rahbariyati, ayni paytda, bir necha inson huquqlari himoyachisining qamoqdan ozod qilingani va BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekiston tarixida ilk bor shu yil may oyida mamlakatga safar qilganini ham olqishladi.

Bayonotda, shuningdek, Mirziyoev prezidentlikka kelganidan buyon YeI vakillari bir necha bor O‘zbekistonga safar qilgani, bu safarlar davomida 2017 yil fevral oyida YeI-O‘zbekiston o‘rtasida Energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi yangilangani aytildi.

Bundan tashqari, 2017 yilning noyabr oyida O‘zbekistonning YeI va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlari vazirlarining uchrashuviga mezbonlik qilishi ham tomonlar o‘rtasidagi hamokrlikning muhim jihatlarida biri sifatida urg‘ulandi. Bu uchrashuvning Samarqandda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

YeI va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining tiklanishi fonida Markaziy Osiyoda inson huquqlari assotsiatsiyasi (AHRCA), Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik (IPHR) va Amnesty International tashkilotlari o‘zlarining qo‘shma bayonotida Yevropa Ittifoqini “O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatda konkret o‘zgarishlarni amalga oshirish lozimligini ta’kidlashga” chaqirdilar.

Bayonot mualliflariga ko‘ra, hukumat inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar va dissidentlarga bosim o‘tkazishni to‘xtatishi lozimki, toki mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari erkin va mustaqil faoliyat ko‘rsata olsin, 2005 yili Andijonda sodir bo‘lgan qonli voqealar yuzasidan mustaqil xalqaro surishtiruv o‘tkazilsin.

XS
SM
MD
LG