Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:50

"O‘zstandart yangi gaz hisoblagichni 3 marta soz, 2 marta nosozga chiqardi"


Olimjon To‘xtaev sotib olgan gaz hisoblagich
Olimjon To‘xtaev sotib olgan gaz hisoblagich

Toshkent viloyati Chirchiq tumanidan Ozodlikka bog‘langan 55 yashar Olimjon To‘xtaev yangi gaz hisoblagichini uyiga o‘rnata olmayotganidan shikoyat qildi.

To‘xtaevning aytishicha, uning gaz hisoblagichni tekshirib, sertifikat berishi kerak bo‘lgan davlat idorasining tuman va respublika bo‘limi bir gal soz, bir gal nosoz, deb xulosa bermoqda.

OzodMikrofon dasturiga murojaat qilgan Olimjon To‘xtaev o‘tgan yili mart oyining oxiridan beri bitta hisoblagichni besh bora tekshirtirgani, ammo hanuz uni uyiga o‘rnatishga ruxsat ololmayotganini aytadi:

- "O‘zstandart" tashkilotining sertifkatlari qo‘limda turibdi. 3 marta ishlaydi, o‘rnatsa bo‘ladi, deyishgan. Ikki marta nosoz deyishgan. Shu bilan bir yildan beri bu tashkilot rahbariga 3 marta ariza bilan murojaat qildim. Hanuz natija yo‘q, - deb shikoyat qildi To‘xtaev.

Quyida Olimjon To‘xtaev bilan suhbatni tinglang:

OzodMikrofon: "Ўзстандарт газ ҳисоблагичимни 3 марта соз, 2 марта носозга чиқарди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:10 0:00
Бевосита линк

* * * * * * * * * * * * * * * * * * * * *

Muhim eslatma: OzodMikrofon rukniga bo‘lgan murojaatlar mazmuni uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas. Bu rukn mushtariylarga o‘z fikrini erkin ifoda qilishi uchun berilgan minbardir!

XS
SM
MD
LG