Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:46

Tergovchilar zominlik gumonlanuvchini urib¸ oyog‘ini sindirdi


Zominlik Akmal Hasanboev militsiya xodimlari o‘zini qiynoqqa solganini iddao qilayapti.
Zominlik Akmal Hasanboev militsiya xodimlari o‘zini qiynoqqa solganini iddao qilayapti.

Jizzax viloyati Zomin tumanining Yom qishlog‘ida yashaydigan Akmal Hasanboev, militsiya xodimlari o‘zini giyohvand modda sotishga iqror qildirish maqsadida, qiynoqqa solganini iddao etmoqda. Akmalning aytishicha, militsiya xodimlarining tovoniga dubinka bilan urishi oqibatida oyoq suyaklari yorilib ketgan. Zomin tumani IIB navbatchisi bunday voqea qaydga olinmaganini bildirdi.

А.Ҳасанбоев: Мелисалар оëғимга дубинка билан уриб¸ суякларимни ëриб юборди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:51 0:00

Zomin tumani Yom qishlog‘ining mahalla go‘rkovi 38 yashar Akmal Hasanboevning Ozodlikka aytishicha, 27 iyun kuni tush payti viloyat va tuman Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari o‘zini ushlab¸ Dashtobod shahar militsiya bo‘limiga olib borib qiynoqqa solgan:

- Melisalarning to‘rttasi bosib ushlab turdi, ikkitasi dubinka bilan tinmay oyog‘imga urdi. Bo‘yningni sug‘urib olaman, qamativoraman, o‘ldirvoraman deb haqorat qilib turdi. Narkotik sotishni bo‘yningga ol, deb talab qildi. Keyin og‘riqning zarbidan hushimdan ketib qoldim, deydi Akmal Hasanboev.

Zominlik Akmal Hasanboev militsiya xodimlari majruh bo‘lib qolganini aytadi
Zominlik Akmal Hasanboev militsiya xodimlari majruh bo‘lib qolganini aytadi

Akmalning ukasi Bahromning aytishicha, akasi narkotik modda sotishda gumonlanib ushlangan; militsiya xodimlari qonuniy tergov o‘tkazish o‘rniga, akasiga qiynoq qo‘llab, aybni bo‘yniga olishga majburlagan:

- Akam birovga shamollashga dorilik sifatida ozgina quritilgan 4-5 dona ko‘knor bergan. U kishi qo‘lga tushib qolgandan so‘ng akamdan olganini aytgan. Bor gap shu. Shuni sen sotgansan, qaerdan olding, qolgan narkotiklar qaerda, deb militsiya xodimlari akamni qiynoqqa solgan. O‘sha kuni kechqurun soat 11larda akamni izlab borganimda menga akamni cho‘loq holda olib chiqib berishdi, deydi Bahrom.

Б.Ҳасанбоев: Мелисалар акамни уриб¸ бир умрга мажруҳ қилиб қўйишди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:11 0:00

Voqeaning ertasi kuni Akmal Hasanboev oyog‘ini umuman bosa olmay qolganidan so‘ng, yaqinlari uni Jizzax viloyati kasalxonasining travmotologiya bo‘limiga olib borgan.

Kasalxonada bemorning oyog‘i rentgen qilinib, hech qanday og‘ir jarohati yo‘qligi aytilgan.

Bahromning so‘zlariga ko‘ra, uyga olib kelingan akasi og‘riq to‘xtamayotganini aytganidan so‘ng, 10 iyul kuni Toshkentdagi Travmotologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti poliklinika bo‘limiga olib borilgan:

- Akamning oyog‘ini suyaklari yorilib ketgan ekan, operatsiya qilishdi, deydi Bahrom.

Travmotolgiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti professori A. Dursunov, Sh. Mirzaev va dotsent M. Asoev o‘tkazgan jarrohlik amaliyotiga oid xulosada bunday deb yozilgan:

“14.07.2017 yilda “o‘ng distal boldilararo sindesmozni bolt-styajka bilan mahkamlash” operatsiyasi o‘tkazildi. Davolanish mobaynida bemorga simptomatik terapiya, antibiotikaterapiya muolajalari qilindi”.

Zominlik Akmal Hasanboev militsiya xodimlarini uni qiynoqqa solganini iddao qilyapti
Zominlik Akmal Hasanboev militsiya xodimlarini uni qiynoqqa solganini iddao qilyapti

Akmal Hasanboevning aytishicha, o‘sha kuni o‘zini kaltaklagan militsiya xodimlaridan ikki nafari - viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi Ilhom va Zomin tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi Sherzod Yo‘ldoshevni eslab qolgan.

Ilhom ismli militsiya xodimi Ozodlik bilan suhbatda Akmal Hasanboev ishidan xabari borligini bilvosita tasdiqladi. U Ozodlik muxbirining “Akmal Hasanboev siz va yana besh nafar militsiya xodimini oyog‘ini kaltaklab sindirganlikda ayblayapti" degan gapiga “hm, hm”, deb quloq solib turdi va hech qanday e’tiroz bildirmadi.

“Siz bu da’voga qanday munosabat bildirasiz?”, degan savoldan so‘ng, o‘zining Ilhomligini tasdiqlagan suhbatdosh “10 minutdan keyin qo‘ng‘iroq qiling, gaplashamiz”, dedi-da, aloqani uzdi.

Ozodlikning u bilan bog‘lanishga qilgan keyingi harakatlari natija bermadi - mobilь telefon o‘chirib qo‘yildi.

Zomin tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi Sherzod Yo‘ldoshevning telefoni o‘chirilgani bois, u bilan bog‘lanishi imkoni bo‘lmadi.

Zomin tumani Ichki ishlar bo‘limi va Dashtobod shahar militsiya bo‘limi navbatchilarining Ozodlikka aytishicha, 27 iyun kuni Akmal Hasanboevning bo‘limga olib kelingani rasman qayd qilinmagan.

Bahrom Hasanboevning aytishicha, akasining kaltaklangani haqidagi shikoyati Zomin tumani ichki ishlar bo‘limida tinglanmagach, u O‘zbekiston prezidenti portaliga murojaat qilgan:

- Portaldan mening shikoyatimni ko‘rib chiqish uchun viloyat prokuraturasiga yuborishibdi. Viloyatdan chaqirib so‘rashdi, aytdim. Tuman prokuraturasidan ham so‘rashdi. Tergov qilayapmiz, deyishdi. Lekin boshqa xat xabar yo‘q, dedi Bahrom Hasanboev.

Zomin tuman prokuraturasining Ozodlik boshlangan xodimi Ozodlik so‘zini eshitishi bilan¸ aloqani uzib qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoev 9 fevral kuni o‘tkazgan selektor yig‘ilishida bugungi o‘zbek militsiyasidan xalq norozi ekanligini ta’kidlab, tanqid qilgan edi:

- O‘tgan yili 4518 nafar xodim, shundan 966 nafar xodim salbiy holatlarga ko‘ra ichki ishlar idoralaridan bo‘shatilgan. Ulardan aksariyati poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etgan. Bunday holatda aholi orasida ichki ishlar xodimi obro‘sini qanday qilib oshirish mumkin? Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak? –degan edi jumladan prezident Mirziyoev.

XS
SM
MD
LG