Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 00:38

Ozodlik ishga taklif qiladi


Ozodlik "Ijtimoiy tarmoqlar prodyuseri" lavozimiga tanlov e’lon qildi. Tanlov g‘olibi bilan radioning Pragadagi ofisida ishlash uchun 12-18 oylik shartnoma imzolanadi.

Tanlovda o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal biluvchi, ijtimoiy tarmoqlar sohasida ishlash bo‘yicha malakaga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, nomzodlar jurnalistikadan xabardor bo‘lishlari lozim.

Ijtimoiy tarmoqlar prodyuseri ​zimmasiga Ozodlikning Twitter, Facebook, VKontakte, Instagram, Odnoklassniki tarmoqlaridagi sahifalarini rivojlantirish vazifasi yuklatiladi.

Tanlov shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni Ozodlikning ingliz tilidagi saytida o‘qishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz jobs@rferl.org manziliga ariza yo‘llashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG