Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:20

OzodDayjest: Mas’uliyatsiz rahbarlar sabab o‘zbek ayollari mardikor bozorida sarg‘ayib yuribdi


Toshkentdagi ayollar mardikor bozoridan lavha.
Toshkentdagi ayollar mardikor bozoridan lavha.

Toshkentdagi mardikor bozoriga chiqishga majbur bo‘layotgan ayollarni melisalar tahqirlamoqda. Toshkentlik ayol ikki farzandi hayotiga zomin bo‘ldi. Samarqandda nomusi toptalgan qiz o‘z joniga qasd qildi.

_____________________________________________________________

Ichki ishlar xodimlari mardikor bozoridagi ayollarga tahqiromuz munosabatda bo‘lmoqda

Toshkent shahri mardikor bozorlarida viloyatlardan kelgan ko‘plab ayollar ovorai sarson bo‘lib yuribdi (“Hurriyat”, 19 iyul). Tirikchilik ko‘yida mardikor bozoriga chiqishga majbur bo‘layotgan ayollarga ichki ishlar xodimlari ham tahqiromuz munosabatda bo‘lmoqda. “Ha, keyingi paytda insonning qadr-qimmati pasayib ketgani bor gap. Odamning o‘z yurtida bunday xo‘rlanishiga befarq qarab bo‘lmaydi”, deb yozadi gazeta. “Turmush o‘rtog‘im boshqaga uylanib ketgan. Aliment to‘lash xayoliga kelmaydi. Bolalarimga yordam so‘rab, mahallagacha bordim. U yerda ham tanish-bilish. Ish izlab bormagan tashkilotim qolmadi, kim ham sizga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi! Unda-bunda topilganlari hujjatdan oldin “shapka”ning “uchi”dan ozroq uzatishimni so‘radi”, degan samarqandlik Gulmira Samieva gazeta muxbiriga. “Ba’zan matbuot anjumanlarida jurnalistlarni yig‘ib, katta-kichik rahbarlar, ishboshilarning olis qishloqlarimizda bir yilda qanchalab sex ishga tushirilgani, qancha odam ish bilan ta’minlangani haqida bergan axborotlari faqat yaltiroq hisobot uchun, amalda esa shuning o‘ndan biri ham yo‘q ekan-da! Bu jabrdiydalar faqat o‘zi uchun yashashga o‘rganib qolgan besh-oltita noinsof, oyog‘i yerdan uzilgan rahbarning mas’uliyatsizligi tufayli mardikor bozorlarida sarg‘ayib yuribdi”, deb yozadi gazeta.

Toshkentlik ona ikki farzandining hayotiga zomin bo‘ldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi 26 yoshli Rinata Musaeva ikki farzandining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda bir qator matbuot nashrlari xabar berdi. Rinata Musaeva 7, 5 va 3 yoshli qizlarini uyda qarovsiz qoddirgan – havo harorati yuqori bo‘lishiga qaramay, xonadon oynalarini yopib, eshikni qulflab, o‘z ishlari bilan ko‘chaga chiqib ketgan. Oqibatda 3 va 5 yoshli qizi nobud bo‘lgan. Matbuot R. Musaevaning muqaddam sudlangani faktiga e’tibor qaratgan. Mazkur holatga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan. Qayd etilishicha, Chilonzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov olib bormoqda.

Samarqandda nomusi toptalgan qiz o‘zini o‘ldirdi

Samarqand viloyati Tayloq tumanida yashagan qiz nomusi toptalgani bois o‘z joniga qasd qildi (“Postda”, 15 iyul). Tergov-surishtiruv jarayonida Pastdarg‘om tumani Kichik Naymancha qishlog‘ida yashaydigan fuqaro B. Jahongir qizning nomusini topgani aniqlangan. Marhumaning qarindoshiga unashtirilgan B. Jahongir aldov yo‘li bilan qizni uyidan chaqirib olib, kimsasiz tutzorda uni bir necha bor zo‘rlagan. Nomusiga chidolmagan qiz uyiga qaytgach, qo‘shnisining og‘ilxonasiga kirib, o‘zini osgan. Jinoyatchi qilmishiga yarasha jazoga tortilgani xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG