Линклар

18 декабр 2017, Тошкент вақти: 08:18

Rossiya parlamentining quyi palatasi – Davlat Dumasi internetdagi proksi xizmatlardan, jumladan VPN-dan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini tasdiqladi.

21 iyulda Davlat Dumasida uchinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi anonim mobil xabarlari xizmatidan foydalanishni ham taqiqlaydi.

Qonunni yoqlagan Duma vakillariga ko‘ra, bu choralar ekstremist g‘oyalarning tarqalishini oldini olishga qaratilgan.

Ammo, qonun loyihasiga qarshi chiqqanlarning ishonishicha, bunday choralar bilan prezident Putin hukumati o‘zga qarash va fikrlarni bo‘g‘ishni maqsad qilgan.

Qonun loyihasi parlament yuqori palatasida bir marta ovozga qo‘yiladi va so‘ngra to‘la kuchga kirishi uchun prezident Putinga yuboriladi.

Qonun loyihasi, yuqori palata va Putin tomonidan tasdiqlansa, 2018 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.

Oradan uch oydan kamroq vaqt o‘tib Rossiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Unda aksariyat ovoz bilan Vladimir Putinning yana olti yilga saylanishi kutilmoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, internet provayderlardan VPN yoki boshqa proksi xizmatlarini taklif qiluvchi veb saytlarni berkitib qo‘yish talab qilinadi.

Rossiyada internet yuzerlari bloklangan xabar va lavhalarni o‘qish, ko‘rish va tinglash uchun odatda xorijiy proksi xizmatlardan foydalanadi.

Yangi qonun loyihasiga muvofiq, messenjer applardan yuzerlarni aniqlashda ularning telefon nomerlarini bilishni va ularga ogohlantiruvchi xabarlar yuborishni talab qiladi.

Rossiya hukumati so‘nggi yillarda internet shirkatlaridan Rossiya serverlaridagi ma’lumotlarni saqlab qo‘yishni talab qilib keladi.

XS
SM
MD
LG