Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:01

Umida Ahmedova: Toshkentda ilk ko‘rgazmam xususiy galereya jur’ati bilan ochildi


Umida Ahmedova ZERO LINE xususiy art-galereyasida ochilgan o‘z ko‘rgazmasida
Umida Ahmedova ZERO LINE xususiy art-galereyasida ochilgan o‘z ko‘rgazmasida

Toshkentda taniqli kinodokumentalist va fotograf, O‘zbekiston kinematograflar uyushmasi a’zosi Umida Ahmedova ko‘rgazmasi boshlandi. Marhum prezident Islom Karimov zamonida taqiqlangan ijodkor ilk ko‘rgazmasining xususiy galereya jasorati bilan tashkil qilinganini aytmoqda.

"Beg‘ubor osmon" nomi ostidagi ko‘rgazma ZERO LINE xususiy art-galereyasida 24 iyun kuni boshlandi - 26 avgustga qadar davom etadi.

Ko‘rgazma ochilish marosimi oldida Ozodlik savollariga javob bergan Umida Ahmedova buni xususiy art-galereya rahbariyatining jur’ati mahsuli, deb baholadi.

- Shu paytgacha menga hech kim sizning ishlaringiz taqiqlangan, deb aytmagan. Menimcha, avvallari amaldorlarning o‘zlari qo‘rqishardi, mening ko‘rgazmamni ochishga jura’ti etmagan. Har holda menining ishim taqiqlangani yoki taqiqlanmagani haqida menda ma’lumot yo‘q. Bu ZERO LINE​ xususiy galereyasining tashabbusi - bu fakt. Albatta, mamlakatda rahbariyat o‘zgarib, ancha yaxshi o‘zgarishlar bo‘layapti, yaxshi o‘zgarishlar sezilyapti. Balki, hali yana ko‘rgazmalarim bo‘lar, deb umid qilaman, - deydi Umida Ahmedova.

Quyida ijodkor bilan suhbatni tinglang:

Тошкентда таниқли фотограф Умида Аҳмедова кўргазмаси бошланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:13 0:00
Бевосита линк

Bunga qadar Umida Ahmedovaning shaxsiy ko‘rgazmalari Farg‘ona shahri, xorijda Kopengagen, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Tbilisi kabi shaharlarda bo‘lib o‘tgan.

Ahmedova "Press Foto Rossiya-2004" tanlovida "Markaziy Osiyoda zamonaviy fotografiya" nominatsiyasi g‘olibi, Moskvada 1985 yilda G‘alabaning 40 yilligi munosabati bilan o‘tgan tanlovda kumush medal sohibi bo‘lgan.

Umida Ahmedovaning "Ayollar va erkaklar: tongdan shomgacha" fotoalbomi, "Bokiralik yuki" hujjatli filmlari ham katta shuhrat qozongan.

2016 yilda esa ijodkor Vatslav Havel nomidagi xalqaro mukofotni ijodiy norozilik ifodasi uchun qozongan edi.

Umida Ahmedova 2010 yili suratlari va hujjatli filmlarida "o‘zbek xalqiga tuhmat va uni haqorat qilganlik"da ayblanib, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-bandi va 140-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan, keyinroq amnistiya akti bilan javobgarlikdan ozod qilingan.

2014 yilda esa Ahmedova, uning o‘g‘li va yana bir necha nafar faol Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi oldida Yevromaydonni qo‘llab-quvvatlab aksiya o‘tkazgani uchun Toshkent sudi tarafidan katta miqdorda jarimaga tortilgan.

Shu yil Toshkentda Umida Ahmedovaning fotosuratlarini “Bir makon” fotoko‘rgazmasida namoyish etish ham taqiqlangan edi.

Bolg‘ali qishlog‘i hayotidan lavhalar

XS
SM
MD
LG