Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 22:39

Muhojirni Moskvada tramvay bosib qoldi (VIDEO)


Moskvaning janubida o‘zbek muhojiri tramvay ostida qoldi. Mosgortrans boshqarmasi yo‘lovchi naushnik taqib olgani sababli kelayotgan tramvay signallarini eshitmasdan qolganini xabar qilmoqda.

Moskvaning Nagatinskaya tumanida o‘zbek muhojirini tramvay bosib qoldi.

Hodisa guvohlari va qutqaruvchilar yordamida tramvay ostidan chiqarib olingan muhojir yigit Moskva shahar 36-sonli shifoxonaning jarrohlik bo‘limiga yotqizildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu hodisa aks etgan videotasvir ham paydo bo‘ldi. Moskvalik huquq faoli Karimjon Yorov o‘zining Feysbuk sahifasida yigitchaning Moskvada otasi borligi, uning sumkasini politsiya xodimlari olib ketganini ma’lum qildi.

Unda tramvay ostida qolayotgan yigitni uning hamyurti biroz toqat qilishni so‘rayotganini eshitish mumkin:

- Kamgina toqat qilgin – hozir olishadi seni! Chiqarishayapti, ana... Vertolyot keldi, bir-ikki minut toqat qilgin. Kamgina qoldi!

Ozodlik bilan suhbatda Karimjon Yorov shifoxonaga olib ketilgan o‘zbek muhojirining ahvolini bilishga urinayotganini qo‘shimcha qildi.

Moskva Aviatsiya markazi vertolyoti avtohalokatga uchragan yo‘lovchini evakuatsiya qilgani xabar qilindi.

Ozodlik o‘z manbalaridan muhojirning bosh va yuz qismi jiddiy jarohatlangani, biqini yorilganini aniqladi.

Hodisa ortidan Moskva shahar yo‘lovchi tashish transporti boshqarmasi (Mosgortrans) Tojikiston vatandoshi ekani aniqlangan yigit naushnikda taqiqlangan joydan yo‘lni kesib o‘tayotganida tramvay ostiga tushib qolganini ma’lum qildi.

- Kunduzgi soat 15:00larda Varshavskiy shossesidagi 39 uy yonida tramvay va yo‘lovchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Hozirga kelib yo‘lovchi naushnikda tramvay yo‘llarini taqiqlangan joyda kesib o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Haydovchi mashinani darhol to‘xtatishga erishdi, deyiladi Mosgortrans rasmiy xabarnomasida.

Mosgortrans shahar yo‘lovchilari, ayniqsa naushnik taqqan va smartfon ko‘targan yoshlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish zarurligini yana bir bor eslatib qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG