Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:21

Tadqiqot: Rivojlangan mamlakatlardagi erkaklar spermatozoidi ikki barobarga kamaygan


Olimlar G‘arb mamlakatlarida istiqomat qiladigan erkaklar maniyidagi spermotozoidlar soni ikki barobarga kamayganini aniqladi. Boshqa davlatlarda esa bu ko‘rsatkich sezilarli darajada o‘zgarmagan. Bu haqdagi maqolani medicalnewstoday.com​ sayti e’lon qildi.

Spermatozoidlar sonining ozaygani farzand ko‘rish jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, spermatozoidlar miqdorining ozayishi turli kasaliklarga chalinish xavfini oshiradi va erta o‘limga sabab bo‘ladi. Spermotozoidlar soni ozayib ketgan shaxslarda olat deformatsiyaga uchrashi, moyak tuxumdonga tushmay qolish hamda moyak saratoniga chalinish holatlari ko‘proq uchraydi.

Spermatozoidlar miqdori va maniy sifatining boshqa ko‘rsatkichlaridagi salbiy o‘zgarishlar atrof-muhit zaharlangani hamda kundalik hayotda ishlatiladigan kimyoviy moddalar zarari oqibati berishi mumkin.

Isroilda joylashgan Jamoa tibbiyoti markazi Nyu-Yorkdagi "Sinay tog‘idagi Aykan tibbiyot maktabi" bilan hamkorlikda 7,5 ming analizni ko‘rib chiqib, 1973-2011 yillarda o‘rganilgan 185 analizni meta-regressiya uslubida tahlil qilgan. Izlanish natijalari Human Reproduction Update jurnalida chop etildi.

Izlanish natijalari Yevropa, Shimoliy Amerika, Avstraliya hamda yangi zelandiyalik erkaklar maniyi kontsentratsiyasi 52,4 foizga, spermatozoidlari soni esa 59,3 foizga ozayganini ko‘rsatdi.

Osiyo, Janubiy Amerika hamda Afrikada yashovchi erkaklar orasida esa sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan. Ammo shuni ta’kidlash joizki, mazkur hududlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar soni ozroqdir.

Izlanishlar, shuningdek, g‘arblik kishilarda spermatozoidlar soni ozayishda davom etayotganini ko‘rsatdi.

1992 yildan beri olimlar spermatozoidlar miqdori haqida turli tadqiqotlarni o‘tkazgan. So‘nggi tadqiqotlar oldin o‘tkazilgan izlanishlardan ancha katta ko‘lamga ega va aniqroqdir.

Tahlil iloji boricha aniq bo‘lishi uchun uning natijasiga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan bir necha unsur e’tiborga olingan. Bular orasida jinsiy aloqadan saqlanish muddati, maniy to‘plash uslubi, spermatozoidlar qanday sanalgani, ishtirokchilarning yoshi, izlanishda kimlar ko‘rib chiqilgani hamda bir kishidan necha marta analiz olingani bor.

Mazkur izlanishda spermatozoidlar soni ozayishiga nima sabab bo‘layotganini ko‘rib chiqilmagan. Lekin avvalgi izlanishlar natijalariga ko‘ra, buning ortida pestitsidlar, issiqlik, turmush tarzi, dieta, tamaki, stress hamda tana massasi indeksi turgan bo‘lishi mumkin.

Spermatozoidlar soni bilan umr uzunligi o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lgani uchun izlanish mualliflari “Ushbu tendensiyaning sabablari va oqibatlari tezkorlik bilan o‘rganib chiqilishi kerak”, deya xulosa qilishdi.

XS
SM
MD
LG