Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:02

"Sharof Rashidov o‘tqazgan archalarni prokuror kestirib tashladi"


"Tarixiy archalar savdo do‘koni joyi uchun qurbon qilindi"

Samarqand viloyat, Kattaqo‘rg‘on tumanidan OzodMikrofon ga qo‘ng‘iroq qilgan O‘ktam Hamraev tuman prokurorining buyrug‘i bilan bundan 39 yil avval sovet O‘zbekistoni rahbarlaridan biri Sharof Rashidovning o‘zi ekkan to‘rtta archa kesib tashlanganidan shikoyat qildi.

Каттақўрғонлик Ўктам Ҳамраев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:55 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasiga qo‘ng‘iroq qilib, O‘ktam Hamraevning iddaolariga munosabat olishga harakat qildi. Ammo, o‘zini tanishtirmagan tuman prokuraturasi mulozimi, telefon orqali ma’lumot berilmasligini aytdi

"Portalga ariza yozganim uchun hokim bilan prokuror meni tuhmatchiga chiqaryapti"

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan yolg‘iz ona, o‘qituvchi Hojar Qutlieva o‘z kasbi bo‘yicha ish topolmayotgani xususida Xalq qabulxonasiga yozgan arizalari yana mahalliy hokim va prokurorlarga qaytib yuborilayotgani, mahalliy rahbarlar esa, uni shikoyati uchun tuhmatchiga chiqarish bilan po‘pisa qilayotganidan shikoyat qildi.

Қоракўллик Ҳожар ҚУтлиева билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:13 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilaëtgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG