Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 07:50

Toshkentda hokimiyat guzar qurilishini aholi talabi bilan vaqtincha to‘xtatdi


"Mahalla guzari" loyihasi

Toshkentning Mirobod tumani hokimligi tumanning Sharof Rashidov mahallasidagi ko‘p qavatli uylar orasida uch qavatli namunaviy mahalla guzarini qurish ishlarini vaqtincha to‘xtatdi. Mirobod tuman hokimining 21 iyulda chiqargan farmoyishiga muvofiq, hokimlik “Zamonaviy mahalla” nomli mahalla markazini qurishni fuqarolarning “noroziligini” inobatga olib, “murojaatlarni chuqur va puxta o‘rganib” chiqqunga qadar to‘xtatishga qaror qilgan. Mirobod hokimligi tuman bo‘yicha shunday guzarlardan o‘nta barpo etishni xususiy tadbirkorlar zimmasiga yuklagan.

"Qo‘rslik"

Sharof Rashidov mahallasida markaz qurish ishlaridan mahalla ahli noroziligi 21 iyulda mahallaga borgan hokimiyat komissiyasi va Kun.uz muxbiri o‘rtasida tortishuv kelib chiqishi ortidan jamoatchilik e’tiborini o‘ziga ko‘proq qaratdi.

Voqeani yoritgan Kun.uz sayti muxbirining Ozodlikka aytishicha, sayt vakillari shikoyat qilgan aholi bilan uchrashishga borgan payti Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari Alisher Nabiev boshchiligidagi ishchi guruh ularni "qo‘rslik bilan haydashga" uringan.

Миробод тумани ҳокими муовини kun.uz мухбири ишига тўсқинлик қилишга уринди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:40 0:00

Kun.uz cayti chiqargan videoda Alisher Nabievning muxbirdan kamerani o‘chirishni talab qilayotganini ko‘rish mumkin.

Videoda, shuningdek, Mirobod hokimi o‘rinbosarining uchastka noziriga "bularni bu yerdan olib chiqib keting," deb buyruq berayotgani aks etgan.

Bunday muomalaga mahalliy aholi vakillaridan biri hokimlik mulozimiga "haqqingiz yo‘q bularni urishishga", deya e’tiroz bildiradi.

Aholi noroziligi

Mahalliy aholi vakillariga ko‘ra, qurilish ishlari ularni ogohlanlantirishsiz va ekologik talablarga zid ravishda "kunu tun" olib borilmoqda.

- Biz to‘rt etajli uyda turamiz. Bizning qarshimizda uch etajli imorat qurishayapti. Bu yerda kun issiq, ekologiya judayam og‘ir. Juda katta daraxtlarni kesib tashlashdi. Stoyankani olib tashlashdi. Basseyn bor edi. Basseyni olib tashlashdi. Shu erga chiqib, bir pas dam olardik. Endi hammayoq tuproq, hammayoq iflos, - deydi Sharof Rashidov mahallasida 36 yildan buyon yashayotgan nafaqaxo‘r ayol.

Uning qo‘shnisi bo‘lgan yana bir nafaqaxo‘rning qo‘shimcha qilishicha, mahalliy aholi soya solib turgan chinorlarning kesilib tashlanganidan norozi bo‘lmoqda.

- Bu yerda shuncha daraxtni olib tashlashdi. Bu yerda daraxtni ekish o‘rniga. Chinor ham yig‘ladi, - deydi u.

Mahalla aholisiga ko‘ra, ularning O‘zbekiston Prezidenti Devoni, Bosh Prokuraturaga yozgan ko‘p sonli arizalaridan keyin Mirobod hokimligi tomonidan maxsus komissiya tuzilgan.

Hokim nima deydi?

Mirobod hokimining farmoyishi
Mirobod hokimining farmoyishi

Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latovning aholiga izoh berishicha, ORDER MAX PROJECT nomli mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 6000 dan ziyod kishi istiqomat qiladigan Sharof Rashidov mahallasiga 2500 kvadrat metr maydonda zamonaviy guzar barpo etilmoqda.

Buning evaziga shirkatga ayni hududda qo‘shimcha yer maydoni va o‘z biznesini yuritish uchun inshoot qurishga ruxsat berilgan.

ORDER MAX PROJECT MChJ rahbari mahalla binosini qurish bilan birga uchta zamonaviy bolalar maydonchasi hamda bitta chiqindi to‘plash joyini qurishni o‘z zimmasiga olgan.

Sharof Rashidov mahallasida qurilishning jadallik bilan olib borilayotgani esa ob’ektni davlat arbobining 100 yillik yubiley tantanalarigacha topshirish istagi bilan bog‘liq.

kun.uz muxbirining Ozodlikka aytishicha, Mirobod tumanida o‘xshash guzarlardan jami 10 ta quriladi va tuman hokimi qurilish ishlarining barchasini xususiy tadbirkorlar zimmasiga yuklagan.

"Vaqtinchalik" taqiq

Kun.uz caytining Toshkent shahar arxitektura-qurilish nazorati davlat inspektsiyasi xatiga tayanib xabar berishicha, qurilish jarayoni "shaharsozlik normalari va qoidalariga zid ravishda" olib borilgani aniqlangan.

Davlat inspektsiyasi dalolatnomasi
Davlat inspektsiyasi dalolatnomasi

Davlat inspeksiyasi qurilish shirkatiga "Zamonaviy mahalla" loyihasini qayta ko‘rib chiqish va "tasdiqlab ma’qullangunga qadar" qurilish ishlarini vaqtincha to‘xtatish vazifasi yuklatilgan.

XS
SM
MD
LG