Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:08

OzodDayjest: 2800 so‘mlik benzin viloyatlarda 4500 so‘mdan pullanmoqda


Notarial idoralar aholini hamon sarson qilayapti. Viloyatlarda benzin chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketmoqda. Namanganda bitta telefon sabab uch inson nobud bo‘ldi.

_____________________________________________________________

27 nafar notarial idora xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi, ammo muttahamlik va boqibeg‘amlik davom etmoqda

O‘zbekistonning turli hududlaridagi notarial idoralardagi boqibeg‘am va muttaham xodimlar sabab aholi hamon sarson bo‘lmoqda (“Oila davrasida”, 27 iyul). “Uy-joy, mashina oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganim bois tez-tez notarius xodimlariga ishim tushadi. Afsuski, har doim ham ularning xizmatidan ko‘nglim to‘lavermaydi. Ayrim notarius xodimlarining boqibeg‘amligini ko‘rib jahlim chiqadi. Men bilan notariuslar orasida ish vaqti to‘qqizdan boshlansa-da, bemalol soat o‘nda ishga keladigan, tushlik o‘n uchdan o‘n to‘rtgacha bo‘lishiga qaramay, ancha erta chiqib, kech qaytadigan, ayniqsa muomalasidan zahar tomadiganlari juda ko‘p. Ayrimlariga esa ortiqcha haq to‘lamasangiz, ishingiz bitmaydi”, deydi Mirzaqobil Mirzaev. Adliya vaziri o‘rinbosari Anvar Usmonovga ko‘ra, hozirga qadar olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng respublika bo‘yicha 67 notarial idora xodimi intizomiy, 27 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. 5 nafar notarius vazirlik buyrug‘i bilan ishdan bo‘shatilgan.

Matbuot: Viloyatlarda benzin chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketganidan “O‘zbekneftgaz” rahbarlarining xabari bormi?

Toshkentdagi yoqilg‘i quyish shaxobchalarida bemalol sotilayotgan benzin viloyatlarda anqoning urug‘i bo‘lib qolmoqda (“XXI asr”, 27 iyul). Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida sotilishi kerak bo‘lgan benzin sirli ravishda chayqovchilar qo‘liga o‘tishi oqibatida mahsulot narxi oshib ketmoqda. Masalan, Ai-80 markali benzin narxi hukumat tomonidan 2800 so‘m etib belgilangan. Viloyatlardagi benzinfurushlar esa uni 4500 so‘mdan pullamoqda. Qayd etilishicha, benzin muammosi haligacha hal etilmayotgani taraqqiyot odimlariga solinayotgan tushov zanjiridir. “Yoxud mas’ullarning ushbu ko‘ngilsiz holatdan xabarlari yo‘qmi? “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi rahbarlari-chi?” deya mutasaddi idoralarni savolga tutadi gazeta.

FVV: Namanganda uch insonning zaharlanib vafot etishiga o‘zboshimchalik sabab bo‘ldi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Bog‘ ko‘chasi 2-uyda yashovchi Gulnoza To‘xtasinovaning hojatxonaga tushib ketgan “Samsung Galaxy J-7” telefoni bois 3 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgan edi (“Darakchi”, 27 iyul). Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Izzatilla Ibragimov ushbu holatga doir ayrim tafsilotlarga oydinlik kiritdi. Telefonini ehtiyotsizlik bilan uyi hojatxonasiga tushirib yuborgan ayol uni olib chiqish uchun ikki nafar mardikor yollagan. Ammo 1979 yilda tug‘ilgan Q.A. hamda 1960 yilda tug‘ilgan M.O. telefonni olib chiqish uchun hojatxonaga tushib, zaharlanib vafot etgan. Ularga yordam berish uchun kelgan 1990 yilda tug‘ilgan shifokor I.Q. ham zaharlanish oqibatda nobud bo‘lgan. “Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha 1050 raqami kunu tun ishlab turibdi. Ammo guvohi bo‘lganingizdek, bu xunuk voqea o‘zboshimchalikdan kelib chiqqan va fojia bilan yakuniga etgan. Aslida bunday vaziyatlarda mutaxassislarga murojaat qilinishi kerak”, degan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Izzatilla Ibragimov.

XS
SM
MD
LG