Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:00

AQShda olimlar ilk marta inson embrioni genini o‘zgartirdi


Inson embrioni genini o‘zgartirish bo‘yicha tadqiqotlarga Oregon sog‘liq va fan universiteti xodimi, qozog‘istonlik uyg‘ur olim Shuhrat Mitalipov yetakchilik qilgan.
Inson embrioni genini o‘zgartirish bo‘yicha tadqiqotlarga Oregon sog‘liq va fan universiteti xodimi, qozog‘istonlik uyg‘ur olim Shuhrat Mitalipov yetakchilik qilgan.

Amerikalik olimlar muvaffaqiyatli ravishda inson embrioni (murtagi) genlarini tahrir qildi. Genlarni o‘zgartirish uchun CRISPR deb atauvchi yangi usuldan foydalanildi.

Tadqiqotlarga Oregon sog‘liq va fan universiteti xodimi, qozog‘istonlik uyg‘ur olim Shuhrat Mitalipov yetakchilik qilgan. Bu haqda MIT Technology Review jurnali xabar berdi.

Yangi amaliyot natijalari hali ilmiy jurnalda chop etilganicha yo‘q. Uning natijasi qay darajada muvaffaqiyatli bo‘lishi ham hozircha noma’lum.

MIT Technology Review jurnaliga ko‘ra, yangi tajriba genetik xastaliklar oldini olish uchun genlarni muvaffaqiyatli ravishda o‘zgartirish mumkinligini ko‘rsatdi.

Tajriba davomida genlari o‘zgartirilgan embrionlarning bir necha kun yashagan xolos.

Xalqaro mutaxassislar tajriba haqida fikr bildirishlari uchun avval ilmiy maqola chop etilishi kerakligini aytishmoqda.

Inson embrioni genlari ilk marotaba 2015 yilda Xitoyda tahrir qilingan edi. Xitoyda o‘tazilgan tajriba natijalari ham ijobiy, ham salbiy bo‘lgan.

CRISPR yangicha gen tahrirlash metodi bo‘lib, kelajakda genetik kasallik va nuqsonlar bilan kurashishda muhim rolь o‘ynashi mumkin.

Keljakada hatto mazkur yo‘l bilan embrionlarning muayyan xususiyatlarga ega shaxs bo‘lib etishishiga erishish mumkin. Ammo bunday amaliyotlarning axloqiy jihati olimlar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG