Линклар

Germaniyada yashaydigan asli o‘zbekistonlik Arofat Ernst 8 yashar jiyani Madina Mirzaeva Yangiyo‘l shahrida avtohalokatga uchrab qattiq jarohat olgani, lekin uni xorijga olib borib davolatish uchun vasiylik ololmayotganidan OzodMikrofonga arz qildi.

Uning aytishicha, bola uzoq muddatli tibbiy muolajaga juda ham muhtoj, uni mashina urib ketishi natijasida boshi qattiq jarohat olib, bosh chanoqning bir qism suyagi maydalanib, bir oyog‘ining suyaklari esa sinib ketgan.

Madina Mirzaeva
Madina Mirzaeva

​Arofatning aytishicha, Yangiyo‘l tumani vasiylik kengashi unga bolani vasiylikka olish haqidagi arizasini ko‘rib chiqmay, boshqa tashkilotlarga yugurtiryapti.

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG