Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:21

Tramp: Pxenyaning ballistik raketa dasturi o‘sib borayotgan xavfdir


AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe Shimoliy Koreyaning ballistik raketalar dasturini “jiddiy va o‘sib borayotgan tahdid” deb atadi. Bu haqda Oq uy bildirdi.

Ikki yetakchi 30 iyul kuni telefon orqali suhbatlashib, qit’alararo ballistik raketani (QBR) sinovdan o‘tkazgan Pxenyanga ko‘proq iqtisodiy hamda diplomatik bosim o‘tkazishga kelishdi.

Oq uy bildiruvida Yaponiya bosh vaziri Shimoliy Koreya “AQSh, Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda olis-yaqin boshqa davlatlarga jiddiy hamda o‘sib borayotgan tahdid solishiga qo‘shilishini bildirdi”, deyiladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe. (Italiya. 26 may, 2017 yil)
AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe. (Italiya. 26 may, 2017 yil)

Abe avvalroq Trampga Yaponiya o‘z mudofaasini yaxshilash uchun muayyan qadamlar tashlashini aytgan, AQSh prezidenti esa Yaponiyani mudofaa qilish uchun barcha kerakli choralarni ko‘rishga tayyor ekanligini bildirgandi.

Jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Yaponiya bosh vaziri: “Xalqaro hamjamiyat, jumladan, Rossiya va Xitoy bu masalani jiddiy qabul qilib, [Shimoliy Koreyaga] bosimni oshirishi kerak”, dedi.

29 iyul kuni Tramp Xitoyni Qo‘shma Shtatlarga Shimoliy Koreya bilan nizoni hal etishda “hech qanday” yordam bermayotganlikda ayblab, “Bu holning davom etishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deya ta’kidlagan edi.

30 iyul kuni AQShning BMTdagi elchisi Nikki Heyli Shimoliy Koreyaning navbatdagi raketa sinovlari bo‘yicha Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘inini o‘tkazishdan foyda yo‘qligini ta’kidladi.

Heyli Shimoliy Koreya BMT rezolyutsiyalarini muntazam ravishda buzib kelayotganini aytib, kengashning yana bir kuchsiz rezolyutsiyasi “har narsadan ham battar” bo‘lishini ta’kidladi.

Hozirgacha qabul qilingan BMT rezolyutsiyalari Shomoliy Koreyaning ballistik raketalar hamda yadroviy qurol ishlab chiqarishini man etadi.

Ammo jangari mamlakat o‘z harbiy dasturlaridan voz kechmay kelmoqda.

XS
SM
MD
LG