Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2019, Тошкент вақти: 15:52

O‘zbekiston televideniesi ilk bor Karimov siyosatini tanqid qildi (VIDEO)


30 iyul kuni efirga uzatilgan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvida marhum prezident Islom Karimov siyosati keskin tanqid qilindi. Karimov “qo‘shnilar bilan kimo‘zar musobaqa o‘ynab”, “Sen zo‘rmi, men zo‘r” qabilida xo‘rozlangani” qoralandi. “Qo‘shnilarga to‘mtayish” natijasida chigallashib ketgan muammolarni bugungi kunda Mirziyoev hal qilayotgani ta’kidlandi.

Mirziyoev tug‘ilgan kunida ish boshlagan «O‘zbekiston 24» telekanali orqali namoyish qilingan «Tahlilnoma» ko‘rsatuvining ilk sonida marhum prezident Islom Karimov siyosati tanqid qilinib, u qilgan xato va kamchiliklar natijasida O‘zbekiston yuz tutgan muammolarni yangi prezident Mirziyoev hal qilayotgani olqishlandi.

Ko‘rsatuvda Islom Karimov nomi biror marta tilga olinmadi, biroq u yurgizgan siyosat «toshbo‘ron» qilindi.

“Qo‘shnilarga xo‘rozlanish”

Ko‘rsatuvda har bir soha- iqtisoddan tortib, ma’naviyatgacha, ijtimoiy sohadan tortib, qishloq xo‘jaligigacha, birma- bir tahlil qilinib, Karimov davrida yuzaga kelgan kamchiliklar qoralandi.

Jumladan, Karimov payti tashqi siyosatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni Mirziyoev hal qilayotgani ta’kidlandi:

“Yaqin qo‘shnilar bilan kimo‘zar musobaqa emas, samimiy va o‘zaro ishonchli aloqalarni faoliyatning ilk soatlaridanoq e’lon qilish, Markaziy Osiyo davlatlarining O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchli munosabatiga sabab bo‘ldi. Bir-biriga to‘mtayib yurishlar, “Sen zo‘rmi, men zo‘r” qabilidagi xo‘rozlanishlar, bir og‘iz gapu lutf bilan ba’zida ayniqsa chegara masalalaridagi yillab chigallashib ketgan muammolar kecha-kunduz baqamta o‘tirib ishlashlar evaziga bartaraf qilingani bor gap”, deydi ko‘rsatuv boshlovchisi.

Karimov tirikligida va hatto uning vafotidan keyin o‘tgan qariyb bir yillik muddat ichida ham u yurgizgan siyosat O‘zbekistonda biror marta tanqid qilingani kuzatilmagan edi. Ayniqsa, rasmiy telekanallar shu paytgacha Karimov sha’niga maqtovlar yog‘dirishdan to‘xtamayotgan edi.

“Tahlilnoma” ko‘rsatuvida esa, Karimov davrida har bir soha bo‘hronga yuz tutgani ta’kidlanib, Mirziyoev sakkiz oy davomida amalga oshirayotgan islohatlar natijasida vaziyat o‘nglanayotgani aytilgan.

"Qora bozor - sharmandalik"

Ko‘rsatuvda ta’kidlanishicha, Karimov davridagi valyuta siyosati bois O‘zbekistonning boshi malomatlardan chiqmagan:

"Yaqin o‘tmishda jahonning iqtisodiy peshvolari O‘zbekistonning peshonasiga qancha tamg‘a urgan bo‘lsa, O‘zbekistonning sha’niga necha bor malomatlar yog‘dirgan bo‘lsa, O‘zbekiston korchalonlari iqtisodiy uquvsizlikda necha bor ayblanib boshidan ne bir sho‘r ishlar kechgan bo‘lsa shu - valyuta siyosatini, deb bo‘ldi. Buni bugun ochiq aytmoq kerak. Yana dangal aytish kerakki, valyutaning to‘rttalab kursi mavjud bo‘lib kelgani, qora bozor atalmish sharmandali holatning taraqqiyot oyog‘iga tushov bo‘lgani aynan Prezident boshlagan islohotlar sabab asta sekin abas bo‘lib, yo‘qlik sari ravona bo‘lmoqda", deydi ko‘rsatuv boshlovchisi.

Ko‘rsatuvni tomosha qilganlardan ayrimlari jurnalistning Mirziyoevni «Og‘zidan bol tomib maqtagani” g‘ashiga tekkanini aytsa, ba’zilar Karimov sha’niga bo‘lgan tanqidlardan hafa bo‘lgani haqida yozdi.

Jumladan, ushbu ko‘rsatuvni ko‘rganlardan biri Ozodlikka shunday maktub yo‘lladi:

“O‘zbekiston telekanalidan “Tahlilnoma” berildi. Karimov dakanga o‘xshab, “Man zo‘rman” deb xo‘roz bo‘lib siyosat yurgizgan deb ayblandi. “Tahlilnoma”ni ko‘rib, nafrat bilan turib ketdik oilamiz bilan. Mana sizlarga ikki yuzlamachilarning siyosati”, deya yozg‘irdi mushtariy.

XS
SM
MD
LG