Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:41

Xitoy va Rossiya AQShning Shimoliy Koreya bo‘hroni bo‘yicha tanqidlariga javob qaytardi


Xitoyning BMTdagi elchisi Lyu Tszei.
Xitoyning BMTdagi elchisi Lyu Tszei.

Vashington Rossiya va Xitoyni Shimoliy Koreyaning yadroviy rejalariga to‘sqinlik qilishda yetarlicha yordam bermayotganlikda ayblashi ortidan, Moskva va Pekin AQSh rasmiylariga javob qaytardi.

Dam olish kunlari Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketani (QBR) sinovdan o‘tkazgan edi. Buning ortidan AQSh prezidenti Donalьd Tramp Xitoyni Qo‘shma Shtatlarga Shimoliy Koreya bilan nizoni hal etishda “hech qanday” yordam bermayotganlikda ayblagandi.

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson esa Xitoy va Rossiyani Shimoliy Koreya bilan savdo hamkorligini davom ettirayotgani uchun tanqid qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 31 iyul kungi “AQSh va boshqa bir necha davlatning javobgarlikni Rossiya va Xitoyga yuklab, Moskva va Pekinni [Pxenyanning] raketa va yadroviy rejalariga ko‘maklashishda ayblashga qaratilgan urinishlarini asossiz, deb bilamiz”, deiylgan.

Xitoy ham AQSh ayblovlarini tanqid qilib, hozirda keskinlashib borayotgan tangliklar uchun Vashington bilan Pxenyan aybdor ekanligini ta’kidladi.

Xitoyning BMTdagi elchisi Lyu Tszei: “Xitoy qanchalik qudratli ekanligidan qat’i nazar, uning harakatlari amaliy natijalarga olib kela olmaydi, chunki [natijaga erishish] har ikki asosiy tarafga bog‘liqdir”, dedi.

Lyu AQSh harbiy choralardan voz kechmay hamda Janubiy Koreyaga raketalarga qarshi tizimlarni o‘rnatib, mintaqa xavfsizligiga tahdid solayotganini, bunga javoban Shimoliy Koreya o‘z sinovlarini to‘xtatmayotganini aytdi.

Tramp ma’muriyati Shimoliy Koreyaga qarshi bir taraflama sanksiya joriy qilib, Xitoyni o‘z ta’siridan foydalanib, Pxenyanga bosim o‘tkazishga chorlab keladi. Oq uy, shuningdek, Shimoliy Koreyaning AQSh va uning hamkorlariga solayotgani tahdidini to‘xtatish uchun harbiy amaliyot o‘tkazishga tayyor ekanligini bildirib keladi.

Xitoy esa, har ikki tarafni harbiy to‘qnashuv oldini olishga chaqirib keladi. Pekin buning uchun Shimoliy Koreya o‘z sinovlarini to‘xatishi, AQSh esa mintaqada harbiy mashq o‘tkazishni va u yerga askar yuborishni to‘xtatishi kerak, deb hisoblaydi.

30 iyul AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe telefon orqali suhbatlashib, Shimoliy Koreyaning ballistik raketalar dasturini “jiddiy va o‘sib borayotgan tahdid”, deb atadi.

Suhbat ortidan jurnalistlar bilan uchrashgan Yaponiya bosh vaziri: “Xalqaro hamjamiyat, jumladan, Rossiya va Xitoy bu masalani jiddiy qabul qilib, [Shimoliy Koreyaga] bosimni oshirishi kerak”, dedi.

XS
SM
MD
LG