Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 12:52

Bosh vazir shpargalka bilan ushlangan abiturientga "tan" berdi (VIDEO)


Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent Davlat Yuridik universitetida test sinovlari payti

Bugun O‘zbekiston oliygohlarida qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Xabarlarga ko‘ra, joriy yilda test sinovlari kuchaytirilgan nazorat ostida o‘tgan. Abiturientlar imtihon xonalariga o‘tishdan avval jiddiy tekshiruvdan o‘tgan va shpargalka yoki yashirin mobil telefonlari topilganlar test sinovlariga qo‘yilmagan. Quyidagi JONLI BLOG orqali test sinovlari manzarasini birgalikda kuzatamiz.

(Blog kun davomida yangilab boriladi)

Bosh vazir shpargalka bilan ushlangan abiturientga "tan" berdi

Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent Davlat yuridik universitetidagi test sinovlarini kuzatgan payti shpargalka bilan qo‘lga tushgan «ixtirochi» abiturient bilan suhbatlashdi.

Voqea joyida bo‘lgan Gazeta.uz nashri muxbiri tomonidan tasvirga olingani aytilayotgan videoda Aripovning abiturient yasagan aloqa vositasini ko‘zdan kechirayotgani aks etgan.

Aripov abiturientga qarata "bunaqa narsa bilan nima qilasan Yuridicheskiyda o‘qib, Svyazga (TATU- Toshkent axborot texnologiyalar universiteti. tahr.-) bormaysanmi", deb kuladi Aripov.

Бош вазир Арипов абитуриентга алоқа университетида ўқишни тавсия қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:21 0:00
Бевосита линк

Voqea joyida bo‘lgan nuz.uz nashri esa voqea tafsilotlarini keltiradi. Nashr yozishicha, abiturient yigit elektron qurilma yasagan va test sinovlaridan ikki kun oldin hojatxonaga yashirib qo‘ygan. Test boshlanishi bilan u tashqariga chiqib kelishga ruxsat so‘ragan va yashirib qo‘ygan joyidan qurilmani olib, imtihon bo‘lib o‘tayotgan binoga qaytib kirishga uringan va qo‘lga tushgan.

Shpargalka bilan qo‘lga tushgan bu yigitning keyingi taqdiri Ozodlikka ma’lum emas. Lekin shpargalka bilan ushlangan abiturientlar imtihonga qo‘yilmasligi borasida ogohlantiruv berilgan edi.

“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi binolarida o‘tkazilayotgan imtihonlarni kuzatishga borgan bosh vazirga Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov hamrohlik qildi, deb xabar qildi kun.uz.

Bosh vazir test sinovlari o‘tkazilayotgan xonalar va jarayon bilan yaqindan tanishgan. Tegishli rahbarlarga ko‘rsatmalar bergan.

Bundan tashqari, Abdulla Aripov O‘zbekiston Milliy universitetiga ham borib, u yerda o‘tkazilayotgan imtihonlar jarayoni bilan tanishgan.

Qabul jarayonini suratga olgani uchun samarqandlik jurnalistni militsiya ushladi

Samarqandlik mustaqil jurnalist va bloger Toshpo‘lat Rahmatullaev 1 avgust kuni qabul imtihonlari jarayonini suratga olib turgan paytda, shahar militsiyasi xodimlari tomonidan ushlanib, ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi. Jurnalistning Ozodlikka aytishicha, militsiya xodimlari uning telefonini tortib olib, qabul jarayonidan olingan barcha suratlarni o‘chirib tashlagan.

Jurnalist va bloger Toshpo‘lat Rahmatullaev.
Jurnalist va bloger Toshpo‘lat Rahmatullaev.

Toshpo‘lat Rahmatullaevning aytishicha, u qabul imtihonlarini kuzatish uchun 1 avgust kuni Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Samarqanddagi filialiga borganida, militsiya xodimlari tomonidan ushlangan:

- Men bu jarayonni kuzatib, uch-to‘rtta surat olib kichkina bir maqola yozmoqchi edim. O‘sha yerda birovning o‘rniga kiradigan uch kishini militsiya xodimlari ushlab, avtobusga chiqarayotganini ko‘rdim va suratga tushirdim. Bir payt buni militsiya xodimlaridan biri ko‘rib qoldi-da, qarshilik bildirdi. Men, bu taqiqlangan narsa emas, men bu jarayonni kuzatishga va suratga olishga haqqim bor, dedim. Shunda bir podpolkovnik kelib, telefonimni tortib oldida, hamma suratlarni o‘chirib tashladi va “buni bo‘limga olib bor”, deb xodimlariga buyruq berdi, deydi Toshpo‘lat Rahmatullaev.

Jurnalistning aytishicha, uni majburlab shahardagi 6- militsiya bo‘linmasiga olib borishgan:

- U yerda men haqimdagi ma’lumotlarni yozib olishdi, savol-javob qilishdi va javob berishdi. Undan keyin o‘sha bo‘limdan mahallamiz oqsoqoliga telefon qilishib, shahar ichki ishlar boshqarmasining oldiga borishimni buyurishibdi. Oqsoqol menga shunday deganidan so‘ng, men, agar menga ishlari bo‘lsa, rasman chaqiruv qog‘ozi yuborsin, dedim, deydi jurnalist.

Ozodlik bu voqeaga izoh olish uchun Samarqand shahar ichki ishlari bilan bog‘landi. Telefon go‘shagini ko‘targan xodim, Toshpo‘lat Rahmatullaevning ushlangani to‘g‘risida unda ma’lumot yo‘qligini aytdi.

Toshpo‘lat Rahmatullaev, O‘zbekistonda mahalliy rahbarlar va militsiya xodimlari jurnalistning huquqlarini yaxshi bilmasligini, qonunlarni hurmat qilmasligini va “mening aytganim bo‘ladi” prinsipini o‘zlariga dasturamal qilib olganini aytadi:

- Hokimlar, amaldorlarning birortasi jurnalistlar bilan ishlashni bilmaydi. Nima mumkin, nima mumkin emasligi qonunlarga qarab emas, balki ularning qosh-qovog‘iga qarab o‘lchanadi. Shuning uchun ham men bir maqolamda huquq-tartibot organlari xodimlari uchun seminarlar o‘tkazib, ularga jurnalist kim, uning qanday huquqlari borligini o‘qitish kerakligi haqida yozgan edim. Qanday surat olishingizdan qat’iy nazar bular “mumkin emas” iborasiga yopishib olgan. Hatto Konstitutsiyaga yozib qo‘yibdi, “har bir shaxs axborot izlash, olish va tarqatish huquqiga ega”, deb. Men ham axborot olayotgan edim. Aksincha, ularni “mana, qalloblarni ushlapti”, deb maqtamoqchi edim. Lekin bular qanday holatda bo‘lmasin ob’ektivdan qo‘rqishadi, dedi mustaqil jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullaev.

Samarqandlik blogger: Test payti "o‘yinlar" baribir bo‘ldi

Samarqandlik blogger Jamil Kazinskiy test jarayonini kuzatganini aytib, kuchli nazoratga qaramasdan imtihon payti ko‘zbo‘yamachiliklar bo‘lganiga guvoh bo‘lganini gapirdi:

Самарқандлик блоггер: Тест пайти "ўйинлар" бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

Shpargalka bilan qo‘lga tushgan abiturient imtihonga qo‘yilmadi

Joylardan olingan xabarlarga ko‘ra, joriy yilda test sinovlari qattiy nazorat ostida o‘tgan. Test sinovlari boshlanishidan avval har-bir abiturient jiddiy tekshriilib, kimda shpargalka yoki yashirin aloqa vositalari bo‘lsa imtihonlarga qo‘yilmagani aytilayapti.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda shpargalka bilan qo‘lga tushgan qizning test sinovlaridan chetlatilgani aks etgan video tarqaldi. Video Toshkent Davlat yuridik universitetida olingani xabar qilindi.

Шпаргалка билан қўлга тушган абитуриент имтиҳонга қўйилмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:46 0:00
Бевосита линк

1 avgust kuni tushdan keyin Ozodlikka murojaat qilgan mushtariy, ushbu video sahnalashtirilgan ko‘rinish ekanini iddao qildi.

Mushtariy iddaosicha, videoda aks etgan qiz 2 kurs talabasi bo‘lib, u ijtimoiy rolikda rol o‘ynab bergan xolos.

Test savolini "bolasi yo‘q odam tuzgan"

Joriy yilda test jarayoni bilan bog‘liq jarayon shaffof o‘tishiga ko‘plab va’dalar qilindi.

Test bilan bog‘liq ko‘plab maqolalar va ko‘rsatuvlar tayyorlandi. Jumladan, O‘zbekiston telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvda test sinovlarining mazmun-mohiyati bahs qilindi.

Ko‘rsatuv ishtirokchilardan biri test savollarining ayrimlari be’mani va tushunarsiz ekanini aytib, misol tariqasida bitta savolni o‘qib beradi. U tushunish mutlaqo qiyin bo‘lgan test savollarini "bolasi yo‘q odam" tuzgan deya tanqid qiladi.

"Бу саволни боласи йўқ одам тузган"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:16 0:00

Abiturientlarni bojxonachilar tekshirdi

Xabarlarga ko‘ra, joriy yilda test sinovlari kuchaytirilgan nazorat ostida o‘tgan. Abiturientlar imtihon xonalariga o‘tishdan avval jiddiy tekshiruvdan o‘tgan.

Har bir oliygoh oldida qizlar va o‘g‘il bolalarni alohida tekshiradigan maxsus "xona"lar o‘rnatilgan.

Абитуриентлар имтиҳонга киришдан олдин жуда қаттиқ текширилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:00 0:00
Бевосита линк

Xabarlarga ko‘ra, ayrim oliygohlar, jumladan, Toshkent Davlat yuridik universitetida abiturientlarni tekshirishga bojxona xodimlari maxsus qurilmalari bilan birgalikda jalb qilingan.

Shpargalka yoki yashirin mobil telefonlari topilganlar test sinovlariga qo‘yilmagan.

Abiturientlarning bu qadar jiddiy nazoratga olingani ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘ldi. Voqeaga oid hajviy suratlar ham tarqaldi.

Yuridik universitetda test jarayoni jonli efirda namoyish etildi

Kun.uz nashri Yuridik universitetda o‘tkazilgan test imtihonlarini jonli efirda namoyish etdi.

“Imtihonlar uchun «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasining 6 ta binosi ajratilgan. Bu binolarga ota-onalarning kuzatishi, xavfsizlik va boshqa maqsadlarda ko‘plab kameralar o‘rnatilgan. «O‘ztelekom» AK bosh-qosh bo‘lib internetga ulangan o‘sha kameralarning 20 tasidan tasvirlar «Kun.uz» ijodiy guruhi hamkorligida o‘quvchilarimiz e’tiboriga havola etib turiladi”, deyiladi Kun.uz xabarda.

TATUda "zaychiklar" ushlandi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida boshqa abiturient nomidan kirib, imtihon topishirishga uringan qoidbuzarlar aniqlandi.

Universitet rasmiy saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, 5 iyul kuni universitetning Maxsus fakultetida 450 nafar abiturienti uchun test imtihonlari o‘tkazilgan.

"Biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida qo‘shtirnoq ichidagi “ZAYChIK” abiturientlar aniqlandi", deb xabar qilindi universitet saytida.

Bunga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bu yilgi test sinovlarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abiturientlarni identifikatsiya qilish va boshqarish tizimini joriy etilishini ma’lum qilgan edi.

Imtihon qoidabuzarlari (Surat TATU saytidan olindi)

Test sinovlari kuni Toshkent avtobuslari 4:30dan ishladi

1 avgust kuni oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari o‘tishi munosabati bilan Toshkentda jamoat trasportlari jadvalida o‘zgarishlar bo‘ldi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, seshanba kuni poytaxtdagi jamoat transportlari 4:30dan ish boshlagan.

Abiturientlar ertalabki soat 7:30dan 8:30ga qadar auditoriyalarga kirishlari lozim.

1 avgust - test sinovlari kuni

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda 729 ming 947 abiturient oliygohlarga hujjat topshirdi.

Oliy ta’lim vazirligi ma’lumotiga qaraganda, respublika bo‘yicha 59ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 12ta filiallaridagi har bir o‘ringa 10.9 abiturient to‘g‘ri kelmoqda.

2016 yilda 663 ming 304 abiturient oliygohlarga hujjat topshirgan edi. O‘shanda oliygohlar soni bir nechtaga oz bo‘lgani uchun har bir o‘ringa 11,5 talabgor to‘g‘ri kelgan.

XS
SM
MD
LG