Линклар

18 декабр 2017, Тошкент вақти: 10:14

Buxoro shahrining Mustaqillik ko‘chasidagi 2008 yilda qurilgan savdo kompleksining buzib tashlangani oqibatida 610 nafar tadbirkor va ularning do‘konlarida ishlaydigan yuzlab sotuvchilar ishsiz qolgani haqida tadbirkorlardan biri Zumrad Karimova OzodMikrofonga gapirdi.

Zumrad Karimovaning aytishicha, tadbirkorlar bu do‘konlarni o‘z vaqtida sotib olishgan, lekin shahar hokimligi tovon puli va’da qilgan bo‘lsa-da, hozirgacha bir so‘m ham bermagan.

Tadbirkor, shuningdek, har oyda bir million yuz ming so‘mdan soliq puli, yer solig‘i to‘lab kelganini, bu daromadlar xazinasiga tushmayotgan davlat ham har oyda bir necha million so‘m zarar ko‘rayotganini aytadi.

Tadbirkor bozorning avvalgi va uning buzilgan holati aks etgan suratlarni ham Ozodlikka taqdim qildi.

Buxoroda buzilgan savdo kompleksining avvalgi holati
Buxoroda buzilgan savdo kompleksining avvalgi holati

Buxoroda buzilgan savdo kompleksining bugungi ko‘rinishi
Buxoroda buzilgan savdo kompleksining bugungi ko‘rinishi

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG