Линклар

Kichik Islom Karimov prokuraturani onasiga qarshi ishni soxtalashtirishda aybladi (VIDEO)


Islom Karimov Bi-bi-si o‘zbek xizmati bilan suhbatda

O‘zbekiston marhum prezidentining nevarasi Islom Karimov O‘zbekiston bosh prokuraturasini onasi Gulnora Karimova nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni soxtalashtirishda aybladi.

Kichik Islom Karimovning bu ayblovi Bi-bi-si O‘zbek xizmati 1 avgustda nashr qilgan videosuhbat chog‘ida yangradi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 28 iyulda ​ma’lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 6 ta moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Gulnora Karimova ishlari yuzasidan chiqargan xabariga munosabat bildirgan kichik Islom Karimovning aytishicha, "ularning taqdim qilayotgan barcha ariza deyarli hammaga ma’lum: umumiylashtirilgan; ikkinchidan ularning arizalari soxtalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG